O‘zbek kurashini nechta mamlakatda bilishadi?
![O‘zbek kurashini nechta mamlakatda bilishadi?](https://static.xabaruz.com/crop/3/5/720_460_95_356007642.jpg)
— Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) federatsiyalari nechta mamlakatda tashkil etilgan? Ayni paytda dunyo bo‘yicha qancha polvon o‘zbek kurashi bilan shug‘ullanmoqda?
Saydullo To‘xtamishov,
Oqdaryo tumanidagi 2-maktab o‘qituvchisi
Savolga O‘zbekiston kurash federatsiyasi bosh kotibi Abbos To‘ychiboyev javob beradi:
— Bugun o‘zbek xalqiga xos jo‘mardlik, jasorat, adolatparvarlik kabi insoniy fazilatlarni targ‘ib etayotgan o‘zbek kurashi jahon miqyosida keng ommalashib ulgurdi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) 1998 yili -Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, Toshkent shahri tashkilotning shtab-kvartirasi etib belgilangan. Hozir jahonning 129 mamlakatida Xalqaro kurash assotsiatsiyasining federatsiyalari faoliyat yuritmoqda. Dunyo miqyosida 130 ming¬ga yaqin turli xil vazn toifasidagi sportchilar o‘zbek kurashi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter