Rishod Sobirov yangi lavozimga tayinlandi
Joriy yilning 4 cyentyabrida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Davlatimiz rahbari mahoratli sportchilarni tayyorlash, iqtidorli yoshlarni topish uchun kuchli seleksiya tizimini yaratish borasida aniq ko‘rsatmalar bergan edi.
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizdagi jismoniy tarbiya va sport tizimidagi tashkilotlarda, sport federasiyalarda bu borada zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston kurash federatsiyasi ijroqo‘m a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham bu boradagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Unga ko‘ra kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, dzyudo bo‘yicha uch karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni Rishod Sobirov kurash federatsiyasi raisining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Xuddi shuningdek, tajribali mutaxassis, qator xorijiy mamlakatlarda kurash targ‘iboti bilan shug‘ullangan, Tailand, Qatar, Vetnam, Indoneziya va Turkmaniston davlatlarida o‘tgan Osiyo o‘yinlarida kurash musobaqalarining tashkiliy ishlarida bevosita ishtirok etgan, o‘nlab jahon chempionlarining ustozi, xalqaro toifadagi hakam Olim Hayitov federasiyaning Ilmiy kengashiga rais etib saylandi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter