Prezident sovrini uchun o‘tayotgan xalqaro musobaqa ochilish marosimidan lavhalar (foto)
Termiz shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun XIV an’anaviy Al Hakim At-Termiziy xalqaro turniri boshlangani haqida xabar berib o‘tilgan edi. Musobaqaning ochilish marosimi tantanali ruhda bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Komil Yusupov ishtirok etdi. Ishtirokchi davlatlar bayroqlari maydonga chiqarilgandan so‘ng «Surxon» guruhi, Ilhom Farmonov, Mahmud Namozov va boshqa san’atkorlar qo‘shiq kuyladi.
Marosim kurashchilarning bahsiga ulanib ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter