Osiyo o‘yinlari. Kurashchilarimizda uchta oltin, bitta kumush va ikkita bronza!
Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida ilk marta o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha bahslar o‘tkazilmoqda.
-66kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Ma’ruf G‘aybulloyev hamda Ruslan Bo‘riyev saralash bosqichida barcha raqiblarini mag‘lub etib, finalgacha yetib kelishdi.
O‘zbek kurashchilari bahsida Ma’ruf G‘aybulloyevning qo‘li baland keldi va u oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ruslan Bo‘riyev esa terma jamoamiz hisobiga kumush medalini taqdim etdi.
+90 kg vazn toifasidagi terma jamoamiz vakili Nurbek To‘rayev ham yarim finalgacha yetib keldi va eronlik Jafar Pahlavoniyjagarhga kichik hisobda mag‘lub bo‘lib, bronza sohibi bo‘ldi.
Ushbu vazn toifasida yana bir kurashchimiz Muhsin Hisomiddinov finalga qadar yetib keldi. Finalda u eronlik Jafar Pahlavoniyjagarhni ham yengdi va Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘ldi!
Kurash bo‘yicha -52kg vazn toifasida Gulnor Sulaymonova finalda hindistonlik Pinski Balharani halol bahosi bilan gilamga qulatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Ushbu vazn toifasida qatnashgan Oysuluv Abdumajidova bronza sohibi bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter