Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘zi ishtirok etmagan konferensiyada yangi lavozimga bir ovozdan saylandi
Termiz shahrida O‘zbekiston kurash federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etilgani haqida xabar berib o‘tgan edik. Konferensiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev kurash federatsiyasining raisi lavozimiga saylandi.
Saylovda boshqa nomzodlar ko‘rsatilmadi va Nig‘matilla Yo‘ldoshev bir ovozdan O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Eslatib o‘tamiz, hisobot-saylov konferensiyasida Nig‘matilla Yo‘ldoshevning o‘zi ishtirok etmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter