Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elmurat Tasmuradov va Jalgasbay Berdimuratov Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Elmurat Tasmuradov va Jalgasbay Berdimuratov Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida start olgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining to‘rtinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Biroz avval yunon-rim kurashida terma jamoamizning tajribali vakili Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov (-60 kg) uchinchi o‘rin va Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun kurashda moldovalik Viktor Siobanuga qarshi gilamga chiqdi.

Keskin va murosasiz kechgan bellashuv yurtdoshimizning g‘alabasi bilan yakunlanib, hamyurtimiz kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyati va eng asosiysi Tokio Olimpiadasining yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek yana bir vakilimiz Jalgasbay Berdimuratov (-77 kg) ham xuddi shu bosqichda litvalik Paulius Galkinas bilan bir necha daqiqa avval bellashdi va Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Vakilimiz bugungi bellashuvlarni ukrainalik Volodomir Yakovliyev ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi. Bronza medali uchun kurashish imkonini beruvchi bosqichda esa litvalik Paulius Galkinas ham mag‘lub etildi. Bu g‘alaba Berdimuratovni Tokio Olimpiadasi ishtirokchilari qatoriga kiritdi. Sportchimiz kechki dasturda musobaqa mezbonlaridan biri Asxat Dilmuhammedovga qarshi bronza medali uchun gilamga chiqadi.

Shu tariqa hamyurtlarimizning Tokio Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari soni yettitaga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring