Xalqaro kurash assotsiatsiyasining 22 yillik bosh kotibi ishdan ketdi
Bugun, 31-may kuni Toshkentdagi Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) bosh qarorgohida o‘tgan umumiy yig‘ilishda IKA bosh kotibi Umid Yoqubov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan o‘z lavozimini tark etganligi e’lon qilindi.
IKA texnik direktori Muhammad Rizo Nassiri kelasi yilgi saylovlarga qadar IKA bosh kotibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Xabarda aytilishicha, Umid Yoqubov 22 yilga yaqin vaqtdan beri Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter