Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Katanets O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Katanets O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani o‘zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi.

Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, sloveniyalik murabbiy o‘z murojaatida hozirgi holatida vazifalarini to‘laqonli, professional tarzda bajara olmasligini bildirgan.

O‘z navbatida, O‘FA Srechko Katanetsga milliy terma jamoa boshqaruvidagi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirgan.

«O‘FA hamda Srechko Katanes o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro do‘stona munosabatlarni saqlagan holda bekor qilindi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlash borasida ish olib bormoqda», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, sloveniyalik mutaxassis 2021-yilning avgustidan buyon futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamosini boshqarib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring