Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Putinning taklifiga ijobiy javob berdi, biroq...

Zelenskiy Putinning taklifiga ijobiy javob berdi, biroq...

Foto: Ukrainskaya pravda.

Ukraina Rossiyadan 12-maydan boshlab “to‘liq, uzoq muddatli va ishonchli” o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishini kutmoqda. Shunda Kiyev Moskva bilan muzokaralar uchun uchrashishga tayyor, deb yozdi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida

 "Ruslar nihoyat urushni tugatish haqida o‘ylayotgani yaxshi belgidir. Dunyodagi hamma buni uzoq vaqtdan beri kutmoqda. Va har qanday urushni haqiqatdan ham tugatishning birinchi qadami - bu o‘t ochishni to‘xtatishdir ", dedi u. 

Ukraina va uning Yevropadagi ittifoqchilari Rossiyani 30 kunlik otashkesimga chaqirmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyevga yangi, “haqiqiy sulh” bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyatini inkor etmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinchlik muzokaralariga qaytishni taklif qildi.

15-may kuni Istanbulda muzokaralar “tarixiy istiqbolda uzoq muddatli va mustahkam tinchlik o‘rnatish” maqsadida “oldindan hech qanday shartlarsiz” davom ettirilishi mumkin”, dedi Putin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring