Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan xalqaro musobaqa g‘olibi aniqlandi: Sherali Jo‘rayevga 50 ming dollar
Kecha, 6-sentyabr kuni poytaxtimizda kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro musobaqa g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Bahslar mutlaq vazn toifasida tashkil qilindi. Jahonning 40 ga yaqin mamlakatidan polvonlar ishtirok etgan musobaqa finaliga ikki nafar o‘zbekistonlik kurashchi yetib bordi. Bekmurod Oltiboyev va Sherali Jo‘rayev o‘rtasidagi final bellashuvida Sherali Jo‘rayevning qo‘li baland kelib, u musobaqa g‘olibiga aylandi.
Sherali oltin medal bilan birga musobaqa g‘olibi uchun atalgan 50 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega chiqdi. Ikkinchi o‘rin sohibi Bekmurod Oltiboyevga 25 000 AQSh dollari nasib qildi. Bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchilar Aslan Kambiyev (Rossiya) va Temur Rahimov (Tojikiston) esa 10 000 AQSh dollari bilan ketadigan bo‘lishdi. Shuningdek, 5-8 o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilarga 1250 AQSh dollari miqdorida mukofot topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter