Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kurash bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati Hindistonda o‘tkaziladi

Kurash bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati Hindistonda o‘tkaziladi

Osiyo–Okeaniya kurash konfederatsiyasining (KSAO) taqvimiga asosan joriy yil 22-25-mart kunlari kurash bo‘yicha X Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda KSAO matbuot xizmati «Xabar.uz»ga xabar qildi.

Yubiley tarzida tashkil etilayotgan navbatdagi qit’a birinchiligiga Hindistonning Puna shahri mezbonlik qiladi. Musobaqalar erkaklar o‘rtasida 7, ayollar o‘rtasida 8 vazn toifasida o‘tkaziladi. Chempionat dasturi doirasida Osiyo–Okeaniya kurash konfederatsiyasining ijroiya qo‘mitasi majlisi va KSAO Kongressi tashkil etiladi.

Kongress kun tartibiga konfederatsiya vitse–prezidentlari va qo‘mita rahbarlari hisobotlarini tinglash, yangi federatsiyalarni a’zolikka qabul qilish, kurashni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni muhokama qilish va boshqa masalalar kiritilgan.

Musobaqa davomida joriy yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlarida kurash bo‘yicha bellashuvlargi boshqaradigan hakamlar uchun maxsus o‘quv-seminari o‘tkaziladi. Shuningdek, 2017-yilning turli nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan shaxslarni taqdirlash marosimi tashkil etiladi.

Hindiston Kurash federatsiyasidan olingan ma’lumotga ko‘ra mazkur nufuzli kurash bayramini yuqori darajada o‘tkazish uchun barcha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kurash bo‘yicha Osiyo chempionatlariga shu paytgacha Toshkent, Shahrisabz (O‘zbekiston), Dehli, Kerala (Hindiston), Tehron,Mashhad (Eron), Qobul (Afg‘oniston), Ulan-Bator (Mongoliya),Bayrut  (Livan) shaharlari mezbonlik qilgan.

Ma’lumot uchun ta’kidlash lozimki, kurash g‘alabaga halol yo‘l bilan erishishni targ‘ib qiladi. Milliy sport turimizning tarixi 3000-3500 yilni tashkil etishi haqida tarixiy ma’lumotlar mavjud.

Osiyo–Okeaniya kurash konfederatsiyasi Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tarkibidagi Osiyo va Okeaniya Kurash konfederatsiyalarining 2017-yil 4-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birlashuv kongressidayagona konfederatsiya sifatida tashkil etilgan.

Osiyo olimpiya kengashining 2017-yil 20-sentyabrdagi Bosh assambleyasida sportningkurash turi joriy yil avgust-sentyabr oylarida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga rasman kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring