Shahram Ahadov Osiyo chempioni bo‘ldi

Tailand poytaxti Bangkok mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli keldi. Kurashchilarimiz 26-aprel kuni 1 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Shahram Ahadov (-73 kg) barcha raqiblarini yengib, sovrinlari qatoriga qit’a chempionligini ham qo‘shib qo‘ydi. Shukurjon Aminova va Arslon Tojiyev esa «bronza» bilan kifoyalanishdi.
Oltin medal:
-73 kg: Shahram Ahadov
Bronza medal:
-57 kg: Shukurjon Aminova
-81 kg: Arslon Tojiyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter