Kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari aniqlandi
Jizzax shahridagi olimpiya zaxiralari kollejida 2001-2002-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston kurash federatsiyasining yillik taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 450 nafardan ortiq yosh polvonlar g‘oliblik uchun kurash tushishdi.
Musobaqada o‘g‘il bolalar 8 ta vazn toifasida, qizlar esa 7 ta vazn toifasida kuch sinashishdi. Murosasiz o‘tgan mazkur chempionatning yakuniy natijalirga ko‘ra, quyidagi polvonlar o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini yengib, oltin medallarga ega bo‘lishdi.
O‘g‘il bolalar
55 kg. Botir Ziyodullayev (Qashqadaryo), 60 kg. Temur Bobomurodov (Toshkent v.), 66 kg. Lochin Xudoyqulov (Toshkent sh.), 73 kg. Axror Ziyodullayev (Toshkent sh.), 81 kg. To‘lqin Ochilov (Buxoro), 90 kg. Ernazar Sarsenbayev (Toshkent sh.), 100 kg. Suxrob Rajabov (Qashqadaryo), +100 kg. Jaloliddin Bobojonov (Xorazm).
Qizlar
44 kg. Xamida Fazliyeva (Buxoro), 48 kg. Gulhayo Jo‘rayeva (Qashqadaryo), 52 kg. Dilola Dehqonboyeva (Toshkent sh.), 57 kg. Sitora Elmurodova (Toshkent v.), 63 kg. Ferangiz Radjepova (Buxoro), 70 kg. Ravzaxon Adashova (Namangan), +70 kg. Filura Ergasheva (Qashqadaryo).
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter