O‘zsanoatqurilishbank tomonidan SAP texnologiyalariga asoslangan «Budjetlashtirish» tizimi joriy etildi
Joriy yilning 10 may kuni poytaxtimizdagi «Intercontinental Tashkent» xalqaro biznes markazida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan SAP texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan yirik loyiha – «Budjetlashtirish» tizimining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, xalqaro auditorlik tashkilotlari va tijorat banklari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi.
Korxonalarni tabiiy gazdan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanma yaratildi
O‘zsanoatqurilishbank hamda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi hamkorligida sement, g‘isht va ohak ishlab chiqaruvchi korxonalarni tabiiy gazdan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha namunaviy metodik qo‘llanma ishlab chiqildi.
Qoraqalpog‘istonda qurilishi bitmagan 5 qavatli uyning zinapoyasi qulab tushdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanidagi «Yangi O‘zbekiston» massivida qurilayotgan 5 qavatli 30 xonadonli turarjoy binolaridan birining zinopayasi qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi.
O‘zsanoatqurilishbank tizimida muqobil energiya manbalari joriy qilinmoqda
O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisi binosiga 100 kVt quvvatli hamda beshta tarmog‘i binosiga umumiy quvvati 235 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi. Joriy yil so‘nggiga qadar bankning boshqa tarmoqlari binolarini ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
O‘zsanoatqurilishbank tizimida mijozlarga qator qulayliklar yaratildi
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan tizimning barcha yo‘nalishlarini tubdan isloh qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
O‘zsanoatqurilishbank va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida texnik ko‘maklashuv bitimi imzolandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil 21-22-noyabr kunlari Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida 2025 yilga mo‘ljallab yangi strategik hamkorlik dasturi imzolandi.
Bir yoshga to‘lgan «Tadbirkorlar maktabi»ga bir nazar
Yurtimizda qurilish materiallari industriyasini rivojlantirish, sohada biznesni zamonaviy shaklda tashkil qilishda «Tadbirkorlar maktabi» o‘quv markazi o‘z oldiga katta maqsad qo‘ygan.
O‘zsanoatqurilishbankda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi
9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida «Ochiq eshiklar kuni» bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Bank tomonidan joriy qilingan Korrupsiyaga qarshi menejment tizimi talablari doirasida olib borilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.
Tadbirkorlarga sohada kutilayotgan o‘zgarishlar mohiyati tushuntirildi
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tajribali mutaxassisi – iqtisod fanlari doktori, professor To‘lqin Boboqulov ishtirok etdi.
Aholi murojaatlari tahlil qilindi — O‘zsanoatqurilishbank
Joriy yilning 15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash sohasida o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.
O‘zsanoatqurilishbank g‘aznachilik yo‘nalishini yangi bosqichga olib chiqmoqda
Joriy yil 3-4 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi doirasida O‘zsanoatqurilishbankning moliya bozorlaridagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan qator kelishuvlarga erishildi.
O‘zsanoatqurilishbank va Xalqaro moliya korporatsiyasi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirmoqda
Hujjatga ko‘ra, XMK tomonidan bankka 50 mln. AQSh dollari miqdorida subordinatsiyalangan kredit ajratish hamda yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarib, uni xususiy tarzda joylashtirishga ko‘maklashuv taqdim etiladi.
O‘zsanoatqurilishbank Loyiha boshqaruvi ofisi amalga oshirgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi
Joriy yilning 3 noyabr kuni Milliy matbuot markazida O‘zsanoatqurilishbank Loyiha boshqaruvi ofisi tomonidan amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zsanoatqurilishbank: qurilish materiallari sanoatini boshqarish tizimining samaradorligi oshadi
Joriy yilning 26 oktyabr kuni Milliy matbuot markazida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan mamlakatimiz qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish hamda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish borasida amalga oshirilgan ishlarning joriy holati hamda yil yakuniga qadar kutilayotgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
SQB sayyohlik biznesi uchun kreditlar taklif etadi
O‘zsanoatqurilishbank turizm sohasida biznes boshlamoqchi bo‘lgan aholi vakillari hamda tadbirkorlar uchun alohida kredit mahsuloti taqdim etmoqda.
SQB Namangandagi eng yirik eksportyor korxonalardan biriga press-tur tashkil etdi
O‘zsanoatqurilishbank jurnalistlarni Namangan viloyatidagi eng yirik eksportchi korxona faoliyati hamda Bankning Namangan mintaqaviy tarmog‘ida amalga oshirilgan transformatsiya ishlari natijasi bilan tanishtirdi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatiga turkiyalik investorlar jalb qilinadi
Joriy yilning 19 oktyabr kuni «O‘zsanoatqurilishbank»ATB Boshqaruv Raisi – Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha Kengash raisi Saxi Annaklichev hamda Turkiya Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari uyushmasining Boshqaruv Kengashi raisi Tayfun Guchuk o‘g‘li o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Til – jamiyat ko‘zgusi
Joriy yilning 18 oktyabr kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbek tili bayrami munosabati bilan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» shiori ostida ma’naviy tadbir tashkil etildi. Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, «Do‘stlik» ordeni sohibi, shoir Shodmonqul Salom taklif etildi.
O‘zsanoatqurilishbank zamonaviy quvur va fitinglar ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirdi
Joriy yilning 13 oktyabr kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan «Asia polyplast» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari xalqaro standartlarda 600 turga yaqin plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarayotgan korxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
O‘zsanoatqurilishbank Vengriya banklari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
Joriy yilning 3 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga tashrifi arafasida Budapesht shahrida o‘zbek-venger biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zsanoatqurilishbank va Vengriya banklari o‘rtasida yangi kelishuvlarga erishildi.
O‘zsanoatqurilishbank Jizzax viloyatiga press-tur tashkil etdi
Joriy yilning 28 sentyabr kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlari uchun Jizzax viloyatiga press-tur tashkil etildi. Unda jurnalistlar Bankning moliyaviy ko‘magida ishga tushirilgan korxona faoliyati hamda mazkur hududda muassasa mijozlariga yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirildi.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan «Diplomat international school» xususiy maktabiga press-tur tashkil etildi
Joriy yilning 27 sentyabr kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Diplomat international school» xususiy maktabiga press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari yangi ta’lim maskanining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirildi.
Deputatlar O‘zsanoatqurilishbank tizimida transformatsiya jarayonlari va davlat dasturlari ijrosi bilan tanishdi
Joriy yilning 22 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan O‘zsanoatqurilishbank tizimida transformatsiya jarayonlari hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
«Tadbirkorlar maktabi»: biznesni boshlash va boshqarishda dastlabki saboqni oling!
Respublikada yagona «Tadbirkorlar maktabi» o‘quv markazida o‘tgan sakkiz oy davomida 260 dan ziyod tinglovchi tahsil olib, maxsus sertifikatga ega bo‘ldi.
O‘zsanoatqurilishbank kredit kartalari bilan 40 kungacha foizsiz kreditdan foydalaning!
Eng ulug‘, eng aziz ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank yurtdoshlarimiz uchun ajoyib tuhfa – kredit kartalarini taqdim etdi. O‘zbekistonda ilk bor foizlarsiz davrga ega ushbu kredit mahsulotini bankka tashrif buyurmasdan rasmiylashtirish mumkin.
SQB talabalarga imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlari ajratadi
«O‘zsanoatqurilishbank» yangi o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizdagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalariga imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlari ajratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari «O‘zsanoatqurilishbank» faoliyatini o‘rgandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Toshkent shahridagi «O‘zsanoatqurilishbank» O‘quv va Internet texnologiyalar markazlariga tashrif buyurib, moliya muassasasining joriy faoliyati va rivojlanish rejalari bilan tanishdi.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan «Salomatlik va sof tabiat uchun!» ekologik aksiya o‘tkazildi (video)
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan «Salomatlik va sof tabiat uchun!» ekologik aksiya o‘tkazildi.
O‘zsanoatqurilishbank xalqaro investorlar bilan uchrashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazdi
2022 yil 1 avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank faoliyatida joriy o‘zgarishlar haqida yangilangan ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida xalqaro biznes hamjamiyati vakillari bilan videokonferens aloqa (Investor Call) shaklida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
O‘zsanoatqurilishbank va YeTTB o‘rtasida konvertatsiyalanadigan qarz bitimlari imzolandi
Joriy yil 27 iyul kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tomonidan O‘zsanoatqurilishbank aksiyalariga konvertatsiya qilish imkoniyati bilan 50 mln. AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘larini ajratish to‘g‘risida Bitimlar paketini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.