Chirchiqda hokim o‘rinbosari 1 mln dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Mazkur jinoyat ishi Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh qilindi.
Chirchiq daryosida hushsiz holda oqib ketayotgan fuqaro qutqarildi
Kecha, 19-iyun kuni Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari Yangihayot tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida xizmat olib borayotgan vaqtda bir fuqaro suvda hushsiz holda oqib kelayotganligini ko‘rgan.
Chirchiqqa yangi hokim keldi
Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining qarori bilan Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahar hokimi etib tayinlandi.
Chirchiqda bog‘cha bolasini hojatxonaga qamab qo‘ygan «opa» ishdan bo‘shatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida sodir bo‘lgani aytilgan bog‘cha bolasining hojatxonaga qamab qo‘yilgani holati aks etgan videotasvir tarqaldi.
Chirchiqda elektr korxonasi muhandisi qo‘lga olindi
Ishlab chiqarish korxonasini elektr tarmog‘iga qayta ulab berishni va’da qilgan muhandis ushlandi.
«Equinox»ni pachoqlagan haydovchi 54 mln so‘mga tushdi
Chirchiq shahrida o‘zining «Tpacker 2» avtomobilida ehtiyotsizligi sabab «Equinox» bilan to‘qnashgan haydovchi qimmatga tushdi.
Chirchiqda Qozog‘istonning M.Auezov nomidagi universiteti filiali ochiladi
M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti notijorat aksiyadorlik jamiyatining Chirchiq shahrida filiali tashkil etiladi.
Chirchiqda «yonboshlab» qolgan uy yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
Bir muddat oldin Chirchiq shahridagi «Yangi O‘zbekiston» massivida qurib topshirilganiga ko‘p bo‘lmagan ko‘p qavatli uyning bir tomonga qiyshayib, «yonboshlab» qolgani aytilgan edi.
Chirchiq daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan kompaniya ustidan jinoiy ish ochildi
Qibray tumanidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining qirg‘oq bo‘yidan noqonuniy tarzda 7 683,18 m3 qum-shag‘al aralashmasi qazib olingani aniqlandi.
Chirchiqdagi mehmonxonadan yigit va qizning jasadi topildi
Surishtiruvlar natijasida marhum yigit 23 yoshda, qiz esa 21 yoshda bo‘lgani aniqlangan.
Andijondan Chirchiqqa kelgan qiz bedarak yo‘qoldi
Bedarak yo‘qolgan Zaynobiddinova Kamolaxon Shahobiddin qizi qidirilmoqda.
«Chirchiq ko‘z o‘ngimizda o‘lik daryoga aylantirilmoqda...»
Chirchiq daryosining relefi buzilishi natijasida daryo o‘zani sathi Toshkent viloyati hududida 2-3 metrgacha, Toshkent shahri Roxat ko‘li yaqinida avvalgiga nisbatan 10 metrgacha pasayib ketgan.
Chirchiqda ayol kishi elektr ta’minoti xodimining bo‘yniga pichoq tiradi
Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlardan norozi aholi janjal ko‘targani, bir ayol elektr ta’minoti korxonasi xodimiga pichoq bilan tahdid qilganligi aks etgan video tarqaldi.
Chirchiqda er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Chirchiqda «bozorqo‘m» ishtirokidagi janjal sudda ko‘riladigan bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Chirchiqda bozorqo‘m odamlarni noroziligi va nafratini uyg‘otmoqda» izohi bilan video xabar tarqaldi. Viloyat IIBB mazkur holat o‘rganilgani va tegishli choralar ko‘riganini ma’lum qilmoqda.
Chirchiqdagi portlashda jabrlanganlar soni ma’lum qilindi
«O‘zkimyosanoat» AJ tizimidagi «Maxam-Chirchiq» AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo‘linmasida bugun sodir bo‘lgan portlash va yong‘in natijasida ishchi xodimlar va korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagani qayd etildi.
Energetika vaziri Chirchiqqa yetib bordi
Chirchiq shahrida joylashgan «Maxam-Chirchiq» AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo‘linmasida 4 oktyabr soat 08:30 larda qisqa portlash yuz bergani xabar qilingandi.
Zoyir Mirzayev Chirchiqdagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch topshiriq berdi
Bugun ertalab taxminan 08:30 lar atrofida Chirchiq shahridagi «Maksam Chirchiq» AJ qarashli 5-zavodda yong‘in sodir bo‘lgan, uning oqibatida ishlab chiqarish ob’yektida portlash vujudga kelgani xabar qilingandi.
Chirchiqdagi portlash haqida dastlabki ma’lumot berildi
FVV Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha birlamchi ma’lumot berdi.
Chirchiq aholisi shartli evakuatsiya qilindi
«Maksam-Chirchiq» AJ hududida sizib chiqayotgan ammiak kislotasi aholi yashash sektorlariga tarqalib, ularni zaharlamasligi uchun aholi xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
Bobosi tengi erkakni kaltaklagan o‘quvchilarga nisbatan jinoiy ish ochildi
O‘quvchilar JPKning 227-moddasi tartibida ushlandi.
Chirchiq shahrida maktab o‘quvchilari bobosi tengi odamni do‘pposlashdi
Chirchiq shahrida ikki nafar maktab o‘quvchisi bobosi tengi odamni urib, haqoratlagan video bugun, 23 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqab e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Chirchiqda 80 gektarlik istirohat bog‘i barpo etiladi
Hujjatga ko‘ra, istirohat bog‘i va dam olish maskani aholining dam olishi uchun qulay bo‘lgan, daraxtzorlar bilan qoplanadi.
Ruhiy xasta kishining uyini «pullavorgan» notarius aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Chirchiqda bir bog‘chaning 36 xodimi oylik olmagani aniqlandi
Chirchiq shahar adliya bo‘limi tomonidan xodimlar manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudiga ariza kiritilgan.
Zoyir Mirzayev Davron Hidoyatov hokimiyatiga pul ajratdi
Hujjatda aytishicha, mablag‘ o‘tkazmasi viloyat mahalliy budjetining 2022 yil boshida aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan.
Chirchiq transformator zavodi ishchisi poyezd ostida qolib halok bo‘ldi
Chirchiq transformator zavodi ishchisi Sh.K. Chirchiq tumani «Chirchiq-Aranchi» temir bekati 38 km.da Toshkent-Xo‘jakent yo‘nalishidagi shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdi urib yuborishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.
MChJ rahbari bankni aldab 4 mlrd so‘m oldi
Chirchiq shahrida qalbaki hujjatlar orqali bankdan kredit olgan shaxs aniqlandi.
Suv quduqlarini aniqlash va burg‘ilash faqat Geologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi
Zarafshon va Chirchiq daryolarining ichimlik suvi ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan uchastkalarida tartib o‘rnatish topshirildi.
Davron Hidoyatov qaysi lavozimni egallashi ma’lum bo‘ldi
Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.
Shavkat Mirziyoyev yana Iftixor mahallasiga bordi
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 18 mart kuni Chirchiq shahrida bo‘lganida Iftixor mahallasidagi ahvolni ko‘rgan, odamlardan hududdagi muammolarni so‘rab, ularni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilagan edi.
Chirchiq daryosi ustida yirik ko‘prik qurilishi boshlandi
Kuni kecha Chirchiq shahrida ko‘prik qurilishi boshlandi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining vafotiga snaryad portlashi sabab bo‘lgan – Prokuratura
Namanganlik 21 yoshli yigit harbiy xizmat paytida portlab ketgani haqida xabar berilgandi.
«Chirchiq-Ximgrad industrial parki» tashkil qilinadi
Prezidentning «Chirchiq-Ximgrad industrial parki» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Chirchiq daryosida qizil rangdagi suv oqmoqda. Muammo nimada?
Toshkent viloyatining Qibray tumani «Chingeldi» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida qizil rangdagi suv oqizilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Chirchiq daryosi sathi ko‘tarilgani sabab 5 kishi orolda qolib ketdi
15-avgust kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Bo‘stonliq tumani «Yangiovul» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘rtasidagi orolchada 5 nafar fuqaro qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Prezident Chirchiq daryosi bo‘yidagi qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi
Mahalla faollarining takliflari asosida mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Chirchiq pedagogika institutiga kiritish uchun 9 ming dollar pora olgan ayol ushlandi
22-iyun kuni IIVga Sh.F., O.F. va N.Ya. ariza bilan murojaat qilgan.
Chirchiq daryosidagi orolchada qolib ketgan uch bola qutqarildi
8-iyun kuni soat 21:00da Toshkent shahar FVBning navbatchilik qismiga Sergeli tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘rtasida uchta voyaga yetmagan bolalar qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Chirchiqdagi «shov-shuvli ish» yakunlandi. Shifokorlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi
Bugun, 5 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudida Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva va boshqalarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Chirchiqda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi (foto)
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi.
Chirchiq pedagogika instituti kafedra mudiri ushlandi
Mazkur holat yuzasidan A.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Chirchiq — Toshkentdan ham odamlar borib ishlaydigan joy bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan hafta Toshkent viloyatiga qilgan tashrifi davomida Chirchiq shahriga borgan edi. Davlat rahbari shahardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va ular qanday hal qilinishi borasida gapirib o‘tdi.
Toshkent viloyati va Chirchiq shahri sektor rahbarlariga vaziyatni yaxshilash bo‘yicha muddat berildi — Prezident
Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatlari mahallalaridagi haqiqiy holat buning aksi ekanini ko‘rsatdi. Shu sababli, Farg‘ona va Namangan shaharlarining 4 ta sektor rahbari ishdan olindi. Toshkent viloyati va Chirchiq shahri sektor rahbarlariga vaziyatni yaxshilash bo‘yicha muddat berildi. O‘zgarish bo‘lmasa, ularga ham chora ko‘riladi.
7 yoshli Husanjonga Prezident dastxati tushirilgan birgalikdagi surati topshirildi
Shuningdek, bolalarga kompyuter jamlanmasi va sport anjomlari ham sovg‘a qilindi.
Prezident borgan mahallada IIB boshlig‘ining xizmat uyi tashkil etildi
Davlatimiz rahbari Chirchiq shahriga tashrifi chog‘ida «Iftixor» mahallasida bo‘lib, ko‘p qavatli uylarda yashayotgan aholi bilan suhbatlashgani haqida xabar qilingan edi.
Chirchiqdagi «massaj saloni»ning «niqobi» ochildi
Tadbir davomida ushlangan shaxslardan 1 mln 150 ming so‘m miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan. Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Chirchiqdagi yong‘inda ikki kishining hayoti saqlab qolindi
Shu yilning 12-yanvar kuni Chirchiq shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga hududdagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqidagi xabar kelib tushgan. Mazkur xabar yuzasidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borgan.
Bosh shifokorga oid shov-shuvli jinoyat ishi sudga oshirildi. Sudlanuvchi bitta emas
Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori — viloyat bosh infeksionisti lavozimida ishlagan Guljahon Yo‘ldosheva va boshqalarga nisbatan sud jarayoni boshlandi.
Chirchiqda niqobsiz fuqaro IIB xodimiga «tirsak qo‘ydi»
2020-yil 30-oktyabr kuni soat 23:00da Chirchiq shahri, Alisher Navoiy ko‘chasida Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari tungi xizmat vaqtida mast holatda, karantin qoidalarini buzib tibbiy niqobsiz turgan fuqaro N.S.ga duch kelgan.