Chirchiqda ayol kishi elektr ta’minoti xodimining bo‘yniga pichoq tiradi
Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlardan norozi aholi janjal ko‘targani, bir ayol elektr ta’minoti korxonasi xodimiga pichoq bilan tahdid qilganligi aks etgan video tarqaldi.
Bosh prokuraturaning aniqlik kiritishicha, ushbu hodisa ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek Qashqadaryo viloyatida emas, Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan.
«Xususan, joriy yilning 16 yanvar kuni Chirchiq shahar Elektr ta’minoti korxonasining dispecherlik punktida bir guruh aholi elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lganligidan norozilik bildirgan vaqtda, 35 yoshli ayol (V.N.) bezorilik harakatlarini oldini olish choralarini ko‘rgan Chirchiq shahar Elektr ta’minoti korxonasi elektr montyoriga qarshilik ko‘rsatib, o‘zidagi oshxona pichog‘i bilan uni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, tahdid qilgan», deyiladi rasmiy xabarda.
Mazkur holat bo‘yicha Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan V.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter