Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondan Chirchiqqa kelgan qiz bedarak yo‘qoldi

Andijondan Chirchiqqa kelgan qiz bedarak yo‘qoldi

Bedarak yo‘qolgan Zaynobiddinova Kamolaxon Shahobiddin qizi qidirilmoqda.

Kamolaxon Zaynobiddinova 27.05.2000 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan (Shahrixon tumani Naynavo MFY Qorabo‘yin ko‘chasi 77-uyda doimiy ro‘yxatda turgan).

Aniqlanishicha, u vaqtincha yashash uchun buvisining uyiga kelgan (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sharq ko‘chasi 16-uy) va oradan bir oy vaqt o‘tib, ushbu xonadondan noma’lum tomonga chiqib ketib, shu kunga qadar qaytib kelmagan.

Belgilari: Bo‘y uzunligi 170-175 sm, ozg‘indan kelgan, sochlari jigarrang, yuzi ovalsimon, qoshlari qora yoysimon, ko‘zlari jigarrang.

Uydan chiqib ketgan kuni egnida:

Och sariq rangli yengi kalta qizil atirgul suratlari tushirilgan ko‘ylak, oyog‘ida oq rangli yozgi oyoq kiyim bo‘lgan.

Agar siz, ushbu shaxs to‘g‘risida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz:

102 qisqa raqami yoki +998949225545, +998994025224 telefon raqami yoki telegram’da @PRESS_GUVD havolasi orqali IIOga murojaat qilishingizni so‘raymiz, deyiladi IIBB Axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring