Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqdagi mehmonxonadan yigit va qizning jasadi topildi

Chirchiqdagi mehmonxonadan yigit va qizning jasadi topildi

Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi mehmonxonalarning biridan 23 yoshli yigit va 21 yoshli qizning jasadi topildi. Bu haqda «Millar» teledasturida xabar qilindi.

Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 8 iyun kuni sodir bo‘lgan. Yigit va qizning jasadlari divan ustidan topilgan. Surishtiruvlar natijasida marhum yigit 23 yoshda, qiz esa 21 yoshda bo‘lgani aniqlangan.

Mehmonxona xodimlarining ta’kidlashicha, mehmonxonaga dastlab yigit va qizni so‘rab ikki nafar ayol kelgan. Oradan bir muncha vaqt o‘tgach, ayollarni ortidan yigit va qizni so‘rab ikki nafar erkak kelgan. So‘ng bir erkak mehmonxonani tark etgan.

Shundan so‘ng xonada bo‘lgan ayollardan biri mehmonxona xodimlariga yigit va qiz vafot etgani haqida xabar bergan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, marhum va marhuma er-xotin bo‘lmagan. Shuningdek, xonadan shprits qoldiqlari ham topilgan.

Hozirda holat yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring