Chirchiq daryosidagi orolchada qolib ketgan uch bola qutqarildi
8-iyun kuni soat 21:00da Toshkent shahar FVBning navbatchilik qismiga Sergeli tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘rtasida uchta voyaga yetmagan bolalar qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Chirchiq daryosida uch nafar bolalar cho‘milish maqsadida daryo o‘rtasidagi orolchaga suzib borishgan. Ammo suv sathining keskin ko‘tarilganligi va oqim tezlashganligi tufayli orqaga qaytishni imkoni bo‘lmay qolgan.
Mazkur holat bo‘yicha, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchilari belgilangan hududga yetib borishdi. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, orolchada qolib ketgan uch nafar bolalar maxsus kichik hajmli kemada qirg‘oqqa olib o‘tilib ota-onalariga topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter