Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moratoriy tatbiq etilgan hududlarning chegaralari belgilandi

Moratoriy tatbiq etilgan hududlarning chegaralari belgilandi

Foto: «Xabar.uz»

«Noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etilgan suv havzalari hududlarining chegaralarini belgilash to‘g‘risida»gi Hukumat Qarori (566-son, 12.09.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi.

Bunda moratoriy tatbiq etiladigan daryolar hududlari chegaralariga daryo o‘zanlari, ularning sohilbo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi.

Tegishli tashkilot va hokimliklar:

  • daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida daryo o‘zanlarini tozalash va noruda materiallarini qazib olish ishlari to‘xtatilishini qat’iy nazoratga oladi;
  • daryo o‘zani, sohilbo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarini noqonuniy qazib olishning oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlarini kuchaytiriladi hamda joriy qilingan moratoriyni buzishga oid huquqbuzarlik holatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishini ta’minlaydi.

Daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida joylashgan qum-shag‘al qazib oluvchi hamda qayta ishlovchi tadbirkorlar tog‘ va tog‘oldi hududlarga yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga ko‘chirish choralari ko‘riladi.

Ko‘chirilayotgan tadbirkorlarga noruda materiallarini o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi “E-auksion” orqali rasmiylashtirib beriladi.

Ma’lumot uchun: Prezident Farmoniga muvofiq, yuqoridagi daryolar o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring