«Qashqadaryo»ga zarar yetkazayotganlar qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qamashi tuman bo‘limi, DXX, IIB hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro A.S. va O.A.lar «Qashqadaryo» daryosining Qamashi tumani Qirqqiz qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi muhofaza maydonidan maxsus texnikalar yordamida 1,8 ming kub tabiiy qum mahsulotini noqonuniy ravishda qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 234,2 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Shuningdek, fuqaro A.S. va boshqalar noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, 170 mln so‘m nazorat qilinmaydigan daromad topganliklari ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter