Bobosi tengi erkakni kaltaklagan o‘quvchilarga nisbatan jinoiy ish ochildi
Joriy yilning 21-may kuni Chirchiq shahrida ikki nafar maktab o‘quvchilari 58 yoshli erkakning yuziga tepib, kaltaklagani yuzasidan JKning 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘quvchilar JPKning 227-moddasi tartibida ushlandi.
Ma’lumot uchun, mazkur modda bilan ayblanganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 23-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bobosi tengi erkakni urgan ikki maktab o‘quvchisi videosi tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter