Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobosi tengi erkakni kaltaklagan o‘quvchilarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Bobosi tengi erkakni kaltaklagan o‘quvchilarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Skrinshot.

Joriy yilning 21-may kuni Chirchiq shahrida ikki nafar maktab o‘quvchilari 58 yoshli erkakning yuziga tepib, kaltaklagani yuzasidan JKning 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi  «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘quvchilar JPKning 227-moddasi tartibida ushlandi.

Ma’lumot uchun, mazkur modda bilan ayblanganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 23-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bobosi tengi erkakni urgan ikki maktab o‘quvchisi videosi tarqalgandi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring