Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarda bir o‘qituvchiga necha nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi?

Maktablarda bir o‘qituvchiga necha nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi?

Foto: Xabar.uz

Ctatistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarida bir nafar o‘qituvchi (o‘rindoshlarsiz)ga o‘rtacha 12 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelmoqda.

Ushbu ko‘rsatkich hududlar kesimida quyidagicha:

  • Toshkent shahri — 17 nafar
  • Andijon viloyati — 14 nafar
  • Toshkent viloyati — 14 nafar
  • Namangan viloyati — 13 nafar
  • Samarqand viloyati — 13 nafar
  • Farg‘ona viloyati — 12 nafar
  • Sirdaryo viloyati — 12 nafar
  • Surxondaryo viloyati — 11 nafar
  • Jizzax viloyati — 11 nafar
  • Xorazm viloyati — 11 nafar
  • Buxoro viloyati — 11 nafar
  • Qashqadaryo viloyati — 11 nafar
  • Qoraqalpog‘iston Resp. — 9 nafar
  • Navoiy viloyati — 9 nafar

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar(o‘rindoshlarsiz)ning umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan. Umumta’lim muassasalari soni esa 10 943 ta.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring