Chirchiq — Toshkentdan ham odamlar borib ishlaydigan joy bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan hafta Toshkent viloyatiga qilgan tashrifi davomida Chirchiq shahriga borgan edi. Davlat rahbari shahardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va ular qanday hal qilinishi borasida gapirib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.
— Bir vaqtlar Chirchiq sanoat shahri bo‘lgan, ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari bor edi. Ammo e’tiborsizlik tufayli hozir shaharda vaziyat og‘irlashib qolgan.
Chirchiqqa borganimda odamlar bilan muloqot qildim. Aslida shahar hokimini ishdan olishimiz kerak edi, ammo viloyat hokimining iltimosi tufayli sinov muddati berib, qoldirdik.
Chirchiqni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish uchun ulkan loyihalarni tayyorlab qo‘yganmiz. Shaharda sanoat ishlab chiqarishi kuchaytiriladi, ko‘plab ish o‘rinlari yaratiladi. Shahar aholisi hozir 150 ming kishidan iborat, mana shu ko‘rsatkichni 500 mingga yetkazamiz. Kerak bo‘lsa Toshkent shahridan Chirchiqqa borib ishlaydiganlar bo‘ladi, — dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter