Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi

Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida milliy brendlarni ko‘paytirish, mavjudlarini xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha ham yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi. Ushbu kompaniya:

- xorijdan brend-menejer, dizayner, marketolog, piar-menejerlarni olib keladi;

- xalqaro sertifikati bor, sifati yuqori va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan kamida 50 ta milliy mahsulotni tanlab oladi;

- ularga sifat belgisini berib, brendini dunyoga tanitish uchun katta targ‘ibot kampaniyasini boshlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring