Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqda bir bog‘chaning 36 xodimi oylik olmagani aniqlandi

Chirchiqda bir bog‘chaning 36 xodimi oylik olmagani aniqlandi

Foto: Xabar.uz

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 15 martdan 15 mayga qadar «Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish» huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda. Aksiya doirasida bir qator qonun buzilish holatlari aniqlangan, deya xabar berdi Xabar.uz manbasi.

Xususan, Chirchiq shahar adliya bo‘limi tomonidan Chirchiq shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 5-bog‘chaning 36 nafar xodimi mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti qayta ta’mirlanayotgani sababli xodimlarning yozma roziligisiz ish haqi saqlanmagan holda ta’tilga chiqarib yuborilgan, ularning bekor turib qolgan vaqtdagi o‘rtacha oylik ish haqlari to‘lab berilmagan.

Chirchiq shahar adliya bo‘limi tomonidan xodimlar manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudiga ariza kiritilib, 36 nafar xodimning to‘lanmay qolgan jami 261 mln. so‘m o‘rtacha oylik ish haqlari undirib berilgan.

Shuningdek:

  • Sardoba tumanidagi Paxtaobod kasb-hunar maktabida ishlovchi fuqaroning har oylik ustama pullari to‘lab berilmayapti;
  • Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan xizmatchilarning keng tarqalgan lavozimlari xodimlari ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlarning noto‘g‘ri qo‘llanilgani sababli maktablarning kadrlar bo‘yicha inspektorlariga 60 mln. 219 ming so‘m ish haqi to‘lanmay qolgan;
  • sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining manfaati yuzasidan 930 ta taqdimnoma, 1447 ta ogohnoma, 162 ta ma’muriy va 3 ta jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar hamda sudlarga 1766 ta 7 189,52 mln. so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan.

Natijada taqdimnomalarga asosan, 5 240 mln. so‘m mablag‘lar soha xodimlariga undirib berildi. Shuningdek, 383 ta hujjat bekor qilinib, 398 ta shaxs intizomiy, 33 ta shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring