Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyo‘lda bog‘cha tomiga kran o‘qi qulab tushdi

Yangiyo‘lda bog‘cha tomiga kran o‘qi qulab tushdi

Joriy yilning 25-mart kuni 19:10 larda Yangiyo‘l tumanidagi 5-sonli DMTT tomiga yomg‘ir sababli qo‘shni hududdagi qurilish tashkilotiga tegishli kran o‘qi qulab tushdi.

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, hodisa joyiga zudlik bilan tegishli organ vakillari yetib kelishgan. Bolalar bog‘chasi tom qismini zararlagan kran o‘qi olib tashlangan.

«Ayni damda qurilish tashkiloti tomonidan muassasa tom qismidagi zarar yetgan joylarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda va 3 kun ichida to‘liq ta’mirdan chiqariladi», – deyiladi xabarda.

Baxtsiz hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Hozirda MMT muassasasi vaqtinchalik yopilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring