Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq daryosi sathi ko‘tarilgani sabab 5 kishi orolda qolib ketdi

Chirchiq daryosi sathi ko‘tarilgani sabab 5 kishi orolda qolib ketdi

Foto: FVV matbuot xizmati

15-avgust kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Bo‘stonliq tumani «Yangiovul» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘rtasidagi orolchada 5 nafar fuqaro qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar Chirchiq daryosi bo‘yida dam olish maqsadida daryo o‘zanida joylashgan orolchaga o‘tib borishgan. Ammo suv sathining keskin ko‘tarilganligi va oqim tezlashganligi tufayli orqaga qaytishning imkoni bo‘lmagan.

Mazkur holat bo‘yicha Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchilari zudlik bilan belgilangan hududga yetib borishdi. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida orolchada qolib ketgan 5 nafar fuqaro maxsus kichik hajmli kemada qirg‘oqqa olib o‘tilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring