Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqqa yangi hokim keldi

Chirchiqqa yangi hokim keldi

Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining qarori bilan Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahar hokimi etib tayinlandi.

Murodjon Abdurahimov 1986-yilda Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2008-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistraturani tamomlagan.

U mehnat faoliyatini Qibray tumani «Baytqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot» kasb-hunar kollejida iqtisodiyot fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan.

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligida, keyinroq »O‘zkommunxizmat» agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim mudiri singari vazifalarda ishlagan.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sobiq hokim Davron Hidoyatovning hokimlikdan ketgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring