Chirchiq daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan kompaniya ustidan jinoiy ish ochildi
Qibray tumanidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining qirg‘oq bo‘yidan noqonuniy tarzda 7 683,18 m3 qum-shag‘al aralashmasi qazib olingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd yetilishicha, «B.A.» MChJning rahbari S.A.ning topshirig‘iga ko‘ra, daryoning o‘ng qirg‘og‘idan jamiyat ishchilari tomonidan 7 683,18 m3 qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olinib, davlat va jamiyat manfaatlariga 225,6 mln. so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter