Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqda «bozorqo‘m» ishtirokidagi janjal sudda ko‘riladigan bo‘ldi

Chirchiqda «bozorqo‘m» ishtirokidagi janjal sudda ko‘riladigan bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Chirchiqda bozorqo‘m odamlarni noroziligi va nafratini uyg‘otmoqda» izohi bilan video xabar tarqaldi. Viloyat IIBB esa mazkur holat o‘rganilgani va tegishli choralar ko‘riganini ma’lum qilmoqda.

Chirchiq shahar IIB tomonidan aniqlanishicha, jarayonda ishtirok etgan 56 yoshli fuqaro T.T. (1-kichik nohiya dehqon bozori ma’muriyati boshlig‘i) shu bozorda non sotuvchi ayol va uning 22 yoshli o‘g‘li bilan, ular non rastasidan tashqarida savdo qilayotganligi uchun tortishgan va bu voqea janjalga aylangan.

Mazkur holat yuzasidan, ishtirokchilarning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari borligi sababli, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun sudga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring