
Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi – O‘zgidromet
Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, kechga tomon Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi
Qurbon hayiti arafasida O‘zbekiston tomonining ko‘magi bilan bir guruh ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi. 12 kun davomida ular uchun maxsus dam olish va psixologik tiklanish dasturi ko‘zda tutilgan.

Tarixiy o‘yin: O‘zbekiston ilk bor jahon chempionatiga chiqdi
O‘zbekiston ochkolari soni 18 taga yetdi.

O‘zbekistonning BAAga qarshi tarkibi aniq bo‘ldi
O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

BAAga «kiritilmayotgan» o‘zbekistonliklar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarpda Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kirishda O‘zbekiston fuqarolari duch kelayotgan qiyinchiliklar, xususan, xalqaro aeroportlarda uzoq davom etgan tekshiruvlar tufayli fuqarolarning ushbu aeroportlarda uzoq vaqt qolib ketayotgani haqida xabarlar ko‘paydi.

Biz bunga arziymiz: O‘zbekiston Jahon chempionati ostonasida!
U milliy jamoamizning har bir o‘yinini tomosha qiladi, har bir golni futbolchilar bilan birdek nishonlaydi, mag‘lubiyatlarda esa ko‘ziga yosh qalqiydi.

Koreya davlati O‘zbekiston yo‘llarini raqamlashtirmoqchi
O‘zbekiston delegatsiyasi «ITS Asia Pacific Forum 2025» xalqaro forumida ishtiroki doirasida Koreya Respublikasi yer, infratuzilma va transport vaziri Park Sangvu hamda «Korea Expressway Corporation» korporatsiyasi prezidenti Xam Jingyu bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Eron va O‘zbekiston o‘rtasida tranzit hamkorlik rivojlantiriladi
Tehronda Eron va O‘zbekiston o‘rtasida tranzit hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mirziyoyev Koreyaning yangi saylangan prezidentini tabrikladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonni ushbu lavozimga saylangani bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Pokistonning Lahor shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochildi
Pokistonning Lahor shahrida «O‘zbekiston savdo uyi»ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, Lahor shahri ma’muriyati hamda yirik ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik AQShdan ekstraditsiya qilindi
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining AQShdagi yashash manzili aniqlanib, Vatanga qaytarib kelindi.

O‘zbekiston va Xitoy hududlararo forumi o‘tkazildi
Bosh vazir Abdulla Aripov Xitoy delegatsiyasi rahbari ShHTning qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik bo‘yicha Xitoy qo‘mitasi raisi Shen Yueyue bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Yaponiyaga 10 ming nafar o‘zbek mutaxassislarni jalb qilish loyihasi”ga start berildi
Tayyorgarlik O‘zbekistonda boshlanadi. “Yapon Mahorat Nuri” kurslari Toshkent shahri, Samarqand va Namangan viloyatlarida ochiladi.

O‘zbekistonlik «Vagner»chiga sud hukmi o‘qildi
Joriy yil 6-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudining ochiq sud majlisida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga yollanish uchun 2022-yilda Rossiya davlatiga yaiqib ketgan 50 yoshli fuqaroning jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sud hukmi o‘qildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston bolalar saratoni bo‘yicha Xalqaro akademik xab tashkil qiladi
Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Bolalar uchun muloqot: Markaziy Osiyo va YuNISEF» yuqori darajadagi konferensiyasi doirasida Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirlari Asilbek Xudoyorov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Rossiya mehnat patentlari rasmiylashtirishning bir qismini O‘zbekistonga ko‘chirishi mumkin
Moskvaga tashrif yakunida Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari – jumladan, savdo, investitsiyalar, mehnat migratsiyasi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Italiya yetakchilari birgalikda daraxt ekdilar
Davlatimiz rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

2024-yilda xalqaro reytinglardan o‘ntasida O‘zbekistonning o‘rni yaxshilangan
Bu haqda Senat majlisida ma’lum qilindi.

Samarqandda Mirziyoyev va Jorja Meloni ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Melonining yuzma-yuz hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning Iordaniyadagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turg‘unov 28-may kuni ushbu mamlakat Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarnaga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

O‘zbekistonning Portugaliyadagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning Portugaliyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Parij shahrida joylashgan) Nodir G‘aniyev ushbu mamlakat Prezidenti Marselu Rebelu de Souzaga ishonch yorliqlarini topshirdi.

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari YeK prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari G‘ayrat Fozilov Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayega ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Italiya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
Sammit davlatimiz rahbarining 2023 yil 7-9 iyun kunlari Italiyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq o‘tkaziladi.

«S&P» agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi kutilmasini «ijobiy» baholadi
«S&P Global Ratings» xalqaro agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «barqaror» darajadan «ijobiy» darajaga yaxshiladi.

O‘zbekiston maktablariga besh yuzdan ortiq britaniyalik o‘qituvchi jalb qilinadi
Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Buyuk Britaniyada bo‘lib, Londonda tashkil etilgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Sloveniya rahbarlari yirik biznes forumda qatnashdilar
Transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni, shu jumladan Sloveniyaning "Koper" porti imkoniyatlaridan foydalanish va ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish orqali rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya prezidenti ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Lyublyana shahridagi Prezident saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musarning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonliklar uchun AQShga kirish vizasi talablari osonlashishi mumkin
O‘zbekiston fuqarolariga AQShga kirish vizasi talablarini yengillashtirish choralari ko‘riladi.

O‘zbekiston Vengriya bilan strategik sheriklik bo‘yicha deklaratsiyani imzoladi
Shavkat Mirziyoyevning Yevropa davlatiga safari davom etmoqda.

Janubiy Koreya O‘zbekiston statistika tizimiga salkam 4 mln dollar ajratadi
Koreya hukumatining rivojlanishga rasmiy yordam dasturi (ODA) doirasida 3,8 million AQSh dollari miqdoridagi grant asosida moliyalashtiriladigan ushbu loyiha mamlakatimizda statistika tizimini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalar va xalqaro tajribalarni joriy etishga qaratilgan.

Mirziyoyev Vengriya Milliy majlisi spikeri bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan parlamentlararo yo‘nalishda yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mirziyoyev «OTP Bank» direktorlar kengashi raisi bilan uchrashdi
Rasmiy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «OTP Bank Group» direktorlar kengashi raisi Shandor Chani bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Toshkent viloyatida Yevropa kompaniyalari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Budapeshtga rasmiy tashrifi Vengriyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvdan boshlandi.

3 ta davlat fuqarolari endi O‘zbekistonga vizasiz kirishlari mumkin
Joriy yil 15-may kuni Prezidentning «2025–2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-87-son farmoni qabul qilindi.

Sharq va G‘arb o‘rtasidagi strategik ko‘prik: O‘zbekiston hamda Vengriyani bog‘lab turgan rishtalar
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Budapeshtga bordi.

Lahm qazib Rossiya qamoqxonasidan qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi
2024-yilning oktyabr oyida Rossiyaning Lipetsk viloyatidagi koloniyadan 37 metrlik tunnel qazib, qochib ketgan mahkumlarga sud hukmi o‘qildi.

Endi Rossiyaga borayotgan o‘zbekistonliklardan QR-kod talab qilinadi
QR-kodni chegaradan o‘tishda taqdim etish talab etiladi.

Rim Papasining rasman lavozimga kirishish marosimida O‘zbekiston vakili ham qatnashdi
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov ham O‘zbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida qatnashgan.

Jahon banki O‘zbekiston elektr energetikasi uchun imtiyozli kredit ajratadi
Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlariga integratsiyalash va mamlakatning ustuvor hududlarida elektr energiyasi ta’minoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan dasturni amalga oshirish uchun O‘zbekistonga 100 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.

Shavkat Mirziyoyev To‘qayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi
Tovar ayirboshlashni, shu jumladan Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovarlar nomenklaturasini kengaytirish orqali yanada ko‘paytirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhim ekani ta’kidlandi.

Natijalari yaxshilanayotgan O‘zbekiston!
Mamlakatimiz yoshlari Xalqaro olimpiadalardagi natijalarini yaxshilab bormoqda.

IT Park Uzbekistan Yaponiyada vakolatxonasini ochdi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va IT Park xizmatlar eksportini rivojlantirish direktori Mahliyo Muksinova boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyaga ish tashrifi bilan bordi.

O‘zbekistonliklar uchun Xitoyga 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilindi
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim (Chendu, 2024-yil 1-dekabr) kuchga kirishi uchun davlat ichki protseduralari tugallandi.

Haj – 2025: ziyoratchilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
Bugun, 13-may kuni muborak Haj safarini niyat qilgan o‘zbekistonliklarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.

Turkiya Mubashshir Ahmadni O‘zbekistonga topshirdi
Turkiyalik advokat Ibrohim Erginning ma’lum qilishicha, Mubashshir Ahmad O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari strategik sheriklik rejasini imzoladi
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.

AQSh chegarasini kesib o‘tishga uringan to‘rt o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
AQSh Havo va dengiz operatsiyalari (AMO) chorshanba kuni Viekes oroliga kirishga uringan to‘rt nafar o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 49,2 mlrd dollardan oshdi
Aprel oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi tarixiy rekord darajani o‘rnatdi.

O‘zbekistonliklar 3 oyda qariyb 7 mingta «inomarka» import qilgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, import avtomobillarning 75 foizi yoki 5 235 donasi Xitoy davlatidan keltirilgan.

O‘zbekiston ODIN reytingida dunyoda 12-o‘rinni egalladi
2017 yilga nisbatan 155 pog‘onaga ko‘tarildi

Mirziyoyev Putin bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini muhokama qildi
Rossiya prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish natijalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston TIV Rossiyadagi migrantlarning huquqlari yuzasidan xavotir bildirdi
O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari B.Usmonov Rossiyaning mamlakatimizdagi elchisi O.Malginov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Rasman: «Haj – 2025» mavsumi 13-may kunidan boshlanadi
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabariga kщra, ziyoratchilar yurtimizning 9 ta hududidagi Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadi.

Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
Joriy yil 30 apreldagi PF-74-son farmon bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Xitoydagi Roadshow O‘zbekiston turizmini targ‘ib qilmoqda
2025 yil 28 aprel kuni «Xitoyda O‘zbekiston turizm yili» doirasida Turizm qo‘mitasi hamda mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi ko‘magida Xunan provinsiyasining Chansha shahrida «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» nomli Roadshow tadbirini o‘tkazdi. Tadbir xitoylik sayyohlarni jalb etish va davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash orqali turizmni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Urumchida O‘zbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi o‘tkazildi (foto)
Bugun, 30 aprel kuni Urumchi shahrida O‘zbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Rossiya migratsiya sohasidagi hamkorligini kuchaytiradi
Tadbirda Rossiya tomonidan RF Bosh prokurori o‘rinbosari P.Gorodov rahbarligida Bosh prokuratura, Federal xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar, Ichki ishlar vazirliklari va boshqa idoralar vakillari qatnashgan.

O‘zbekiston ilk marta BMT Statistika komissiyasiga bir ovozdan saylandi
Komissiya 24 ta davlatdan iborat bo‘lib, ular 4 yilda bir marta geografik taqsimotni hisobga olib saylanadi.

O‘zbekiston fuqarolarining Amirliklarga kirishi taqiqlandimi?
Tashqi ishlar vazirligi vakili munosabat bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonga ta’ziya bildirdi
Bandar-Abbosdagi portlashda 25 kishi halok bo‘ldi.

YeI O‘zbekistonda davlat xizmatlarini takomillashtirishga 5 mln yevro ajratdi
O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirishga qaratilgan loyiha ishga tushirildi.

Yaponiya O‘zbekistonga 200 dona zamonaviy noutbuklarni taqdim etdi
Yaponiyaning "BHN Association" va "NTT TC Leasing" notijorat tashkilotlari O‘zbekistondagi oliy ta’lim va tadqiqot muassasalari uchun 200 dona "Toshiba Dynabook" noutbuklarini beg‘araz taqdim etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilarining telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 26-aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanishga kelishib oldilar
O‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumatlar delegatsiyalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Malayziya aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni rejalashtiryapti
Turizm qo‘mitasida «AirAsia X» aviakompaniyasi raisi Datuk Kamaruddin Meranun va kompaniya direktori Benyamin Ismoil boshchiligidagi Malayziya delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm salohiyatini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Samarqandda O‘zbekiston-Turkmaniston muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.

Prezident Samarqandda Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni Samarqand shahrida amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Prezident Osiyo chempionlarini mukofotladi
Bu haqda tegishli farmon e’lon qilindi.

O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi
Garvard universitetining O‘sish laboratoriyasi Iqtisodiy murakkablik indeksi (ECI) natijalarini e’lon qildi. Ushbu indeks asosida mamlakatlarning texnologik murakkablik va eksport xilma-xilligi bo‘yicha reytingi tuzilgan.

Rossiya TIV rahbari O‘zbekistonga keladi
Bu haqda mamlakat TIV rasmiysi M.Zaxarova ma’lum qildi.

O‘zbekiston va JST: teng raqobat sari yo‘l
So‘nggi yillarda O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy maydonda faol harakat qilmoqda. Mamlakatimiz global bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlash, savdo-sotiqni erkinlashtirish va tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish sari izchil odimlamoqda.

AQSh ayrim davlatlarga grant dasturlarini to‘xtatdi: ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor
Bu haqda DOGE departamentining X tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilindi.

Abdulla Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan uchrashdi: tafsilotlar
Yakunda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning o‘n ikkinchi yig‘ilishi bayoni imzolandi.

O‘zbekistonliklarning BAA hududidagi huquqiy himoyasi kuchaytirilishi mumkin
Parlament Quyi palatasi deputatlari bugun, 15-apreldagi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2024-yil 27-sentyabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston o‘smirlarining yarim finaldagi raqibi aniq bo‘ldi
KXDR chorak finalda Indoneziyani qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘zbekiston aholisi soni har kuni o‘rtacha 1,7 ming kishiga oshmoqda
Mamlakatimiz aholisi shu yil boshidan buyon 154,6 ming kishiga ko‘paydi.

To‘qqiz viloyat aholisi ob-havo sabab ogohlantirildi
Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Osiyo kubogi-2031 mezbonligiga nomzodlar ma’lum
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2031 yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi mezbonligiga ariza topshirgan nomzodlar nomini rasman ma’lum qildi

Renovatsiya – aholi soni tez o‘sib borayotgan sharoitda eng maqbul yechim
Renovatsiya — bu strukturaning yaxlitligini buzmagan holda uni yaxshilash, qayta qurish va tiklash jarayoni.

Sambo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi
Turnirda sport va jangovar sambo bo‘yicha erkaklar, ayollar, o‘smirlar, qizlar va kadetlar o‘rtasida jami 88 ta medal uchun kurash kechadi.

Islom sivilizatsiyasi markazi – meros va bilim targ‘ib etuvchi maskan
O‘monning “Ar-Ro‘’ya” nashri jurnalist Ibrohim Al-Hodiyning “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi: meros va bilimlarni targ‘ib qiluvchi madaniy yodgorlik” sarlavhali maqolasini chop etdi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Milliy Majlisi raisini qabul qildi
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida migratsiya sohasida anglashuv memorandumi imzolandi
O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasida Germaniya mehnat bozoriga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb qilishga qaratilgan uch tomonlama anglashuv memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Samarqandda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida turizm sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
Muzokaralar davomida tomonlar turizm sohasining joriy holati, hamkorlik istiqbollari va qo‘shma turizm tashabbuslarini rivojlantirish masalalarini batafsil muhokama qildilar.

AQSh savdo choralari fonida JST «o‘ldi»mi? – JST bo‘yicha maxsus vakil vaziyatni tushuntirdi
O‘zbekistonning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov AQSh prezidenti e’lon qilgan qariyb 160 ta davlatga nisbatan import bojlari fonida Jahon savdo tashkilotining kelgusi taqdiri va O‘zbekiston iqtisodiyotidagi eksportning o‘rni xususida turli gaplar tarqalayotganiga o‘z munosabatini bildirdi.

Mirziyoyev Serdar Berdimuhammedov bilan uchrashdi: asosiy tafsilotlar
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 1,1 milliard dollardan oshgan tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

AQSh joriy qilgan import bojining O‘zbekistonga ta’siri tahlil qilindi
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekiston uchun joriy qilgan 10 foizlik boji iqtisodiyotga qanday ta’sir qilishini tahlil qildi.

Toshkentda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy vakolatxonasi ochilyapti
O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi
FIFA mart oyidagi terma jamoalar o‘yinlaridan so‘ng yangilangan reytingini e’lon qildi.

Qirg‘iziston rahbari Samarqandga keldi
Bugun, 3-aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» birinchi sammitida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga yetib keldi.

Prezident Mirziyoyev YeTTB prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi
«Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» birinchi sammitining ishbilarmonlik dasturi 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Bassoning uchrashuvi bilan boshlandi.

Bugun Osiyo chempionati start oladi
Bugun, 3-aprel kuni Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlanadi.

O‘zbekiston diplomlari Germaniyada tan olinishi mumkin
Delegatsiya tarkibiga Germaniya hududiy savdo-sanoat palatalarining direktorlari, shuningdek, GP Günter Papenburg AG ta’sischi kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan investitsiya kompaniyalari rahbarlari kirdi.

Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik: Samarqand yirik tadbirga tayyor
Mamlakatimiz yana bir muhim tarixiy voqelik ostonasida turibdi. Joriy yilning 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti tadbirlari o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev XXR Kompartiyasidan iborat delegatsiyani qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Szyanchao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekistonga eng ko‘p kelayotgan mehmonlar
Bir necha yil avval qo‘shnilar bilan chegaralarimiz deyarli yopiq, aloqalarimiz sust edi. Hatto aholi chegara ortidagi yaqinlari, qarindoshlari bilan uchrashishda muammolarga duch kelishardi. Bu yopiqlik qardoshlar o‘rtasidagi aloqalarnigina emas, balki iqtisodiy va madaniy rivojlanishni ham qiyinlashtirayotgandi.

Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvida ishtirok etdi
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolandi hamda uch davlat rahbarlarining Qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilindi.

Австрия томони билан миграция соҳасида қўшма лойиҳаларни яратишга келишиб олинди
Айни кунларда Миграция агентлиги, Ташқи ишлар ҳамда Ички ишлар вазирликлари масъулларидан иборат делегация Австриянинг қатор расмий идоралари билан учрашувлар ўтказмоқда.

O‘zbekistonlik mutaxassis o‘zbek va qozoq futbolini taqqosladi
Qozog‘istonning «Sports.kz» portali «Paxtakor» akademiyasida faoliyat olib borayotgan murabbiy Pavel Purishkin bilan suhbatlashib, O‘zbekiston va Qozog‘iston futboli, shuningdek, Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Ali Aliyevning yaqinda bergan intervyusi haqida fikrlarini so‘radi.