Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

52 o‘zbek yongan avtobus egasiga hukm o‘qildi

13/08/2019

Sudya jabrlanuvchi tomonning talabini qisman qondirgan va Qozog‘istonning 46 yoshli fuqarosini "texnik nosoz transport vositasini ekspluatatsiya qilgan" deb topgan.

Oqto‘badagi avtoto‘qnashuvda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

06/03/2018

Sankt-Peterburgdan Toshkentga kelayotgan mazkur avtomobildagi O‘zbekiston Respublikasining 2 nafar fuqarosi halok bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi hamkorlikda halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlashdi.

Oqto‘bada ag‘anab ketgan avtobusning barcha yo‘lovchilari O‘zbekistonga qaytdi

28/02/2018

O‘zbekiston elchixonasi Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan birgalikda 2018-yil 26-fevralga o‘tar kechasi Oqto‘ba viloyatida yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam berish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirdi.

Yana Oqto‘ba! O‘zbekistonlik fuqarolar YTHga uchradi (video)

26/02/2018

«Mercedes» avtobusining 35 yoshli haydovchisi Xromtau yo‘nalishida Oqtoo‘ba tomonga harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan», deydi politsiya. Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi jinoyat kodeksining 345-moddasi 2-qismiga muvofiq tergov ishlari boshlandi.

Oqto‘ba fojiasidagi yong‘in sababi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

22/02/2018

Vazirlikning tergov departamenti Oqto‘ba viloyatida fojiali tarzda halok bo‘lgan 52 nafar o‘zbekistonlikning o‘limi yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 345 va 348-moddalari bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Xayriyada hozircha 320 million so‘m pul yig‘ildi. Qaysi davlatdan qancha ehson keldi?

04/02/2018

Bugungi kungacha xayriyada 320 million so‘m pul yig‘ildi. Ko‘plab iltimoslarga binoan, turli joylarda oylik maosh berishning muddatini hisobga olib, xayriya 10 fevralga qadar davom etadi.

Qo‘shni davlatlarga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi

23/01/2018

Yo‘lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlarga doir Hukumat qarori imzolangani haqida xabar bergan edik.

Hukumat qarori: xorijga chiqishda avia va temir yo‘l chiptalariga imtiyozlar beriladi

23/01/2018

2018-yilning 1-fevralidan boshlab, yo‘lovchilar bilan Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan avtobuslar va mikroavtobuslar yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Oqto‘ba fojiasi qurbonlari Namanganda dafn etildi

23/01/2018

Bugun, 23 yanvar kuni erta tongda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Toshkentdan uchgan maxsus ikki samolyoti Namangan xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Ota, endi siz dam oling, biz ishlaymiz deb ketishgandi... Birdaniga ikki o‘g‘lidan ajralgan ota faryodi (video)

22/01/2018

Musibatning katta-kichigi bo‘lmaydi, deyishadi. Ammo 52 nafar o‘g‘lonning o‘limi yurt uchun katta yo‘qotish! Shu bois Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyati Irg‘iz tumanida ro‘y bergan fojia har birimizning, butun xalqimizning qalbiga chuqur qayg‘u soldi.

Xayrli ishdan g‘ayirli maqsad ko‘zlaganlar. Ta’ziya marafoni o‘tkazilmaydi

22/01/2018

«Qandaydir kimsalar aynan biz toza fikr bilan boshlagan xayrli ishimizdan g‘ayirli maqsadda foydalanib o‘zlari hisobraqam ochib, butun ijtimoiy tarmoqqa mening nomimdan harakatlanishni boshlab yuborishibdi».

Namangandagi ish va o‘qish faoliyati 1 daqiqalik sukut bilan boshlandi

22/01/2018

E’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, halokat qurbonlarining 22 nafari To‘raqo‘rg‘on va 8 nafari Kosonsoy tumanidan bo‘lib, ularning oila a’zolariga hokimliklar va keng jamoatchilik tomonidan zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Qozog‘iston fojiasi: barcha qurbonlarning shaxsi aniqlandi

22/01/2018

FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 52 nafar qurbonning shaxsini aniqlash ishlari yakunlandi va oxirgi ro‘yxat e'lon qilindi. Ularning orasida Surxondaryo viloyatidan ham bir nafar fuqaro bor.

22-yanvar kuni Oqto‘ba qurbonlari oilalariga yordam marafoni o‘tkaziladi

22/01/2018

Marafon 2018-yil 18-yanvar kuni yuz bergan dahshatli halokat — 52 nafar migrantning avtobus ichida yonib halok bo‘lganining 3 kunidan so‘ng o‘tkazilmoqda. Marafonga 22-yanvar kuni 16.00 da Toshkenda, Prezident qabulxonasi oldida start oladi.

Yana qancha qurbon kerak?

22/01/2018

Xorazm yoshlari» gazetasi muharriri o‘rinbosari Davlatnazar Ro‘zmetov bu haqdagi mulohazalarini qog‘ozga tushirib, uni o‘quvchilarimiz hukmiga havola etishimizni iltimos qilgan. Quyida ushbu maqolani o‘qishingiz mumkin.

Qozog‘istonda nima bo‘ldi? Buyurtmami yoki shunchaki tasodif?

21/01/2018

Boshidan fojiaga olovdan noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lgani aytildi.

Qanday hollarda motam e’lon qilinadi?

21/01/2018

Musibatning katta-kichigi bo‘lmaydi, deyishadi. Ammo 52 nafar o‘g‘lonning o‘limi yurt uchun katta yo‘qotish! Shu bois ijtimoiy tarmoqlarda nega O‘zbekistonda motam e’lon qilinmagani qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tahririyatimizga ham bu borada ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

Prezident halok bo‘lganlarning oilalariga kompensatsiya ajratish to‘g‘risida topshiriq berdi

21/01/2018

Qozog‘iston Respublikasining Oqto‘ba viloyati Irgiz tumanida «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lida avtobus yonishi oqibatida halok bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi oilalarining barchasiga bir martalik nafaqa ajratildi.

Birov o‘g‘lonmidi kuyov bo‘lmagan. Sardor Mamadaliyev fojia qurbonlarini xotirladi

21/01/2018

Namanganlik xonanda Sardor Mamadaliyev «52 vatandosh xotirasiga» nomli yangi qo‘shiq aytib, fojiada halok bo‘lganlarning yorqin xotirasiga bag‘ishladi. Quyida ushbu taronani eshitishingiz mumkin.

Yonib ketgan avtobus haydovchisining onasi: «Butun O‘zbekiston xalqidan, halok bo‘lgan yigitlarning onalaridan kechirim so‘rayman»

21/01/2018

Qozog‘istonning «31-kanal» telekanali muxbari Oqto‘ba viloyati Irg‘iz tumanida ro‘y bergan fojiada yonib ketgan avtobus haydovchilaridan biri — Maqsad Pernebekovning yaqinlarini qidirib topdi. Janubiy Qozog‘iston viloyatining Qozig‘urt posyolkasida yashovchi oila ro‘y bergan hodisadan qattiq hayajonda.

Yo ta’ziya, yo tarbiya

20/01/2018

Bu kunni «o‘zbek xalqi uchun motam kuni» deb e’lon qilsa ham bo‘ladi. Ammo asl musibat bu emas. O‘zbekdayin ulug‘ musulmonzoda elning, buxoriyzoda, samarqandiyzodalarning boshiga kelgan va kelayotgan bu va boshqa fojialar ko‘p yillik, turli negiz musibatlarning natijalari, mahsullaridir.

20 milliardlik budjetmi yoki navqiron yigitlar? Qozog‘istondagi fojia o‘zbekistonlik «Tvitter» foydalanuvchilari e’tiborida

20/01/2018

Kimdir buni baxtsiz tasodiy desa, boshqasi chegaradagi tartibsizlik va bamaylixotirlikni qoralaydi. Yana birov muammoning ildizini O‘zbekistondan qidiradi. Keling, yaxshisi, ushbu fikrlar bilan o‘zingiz tanisha qoling.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istondagi fojia qurbonlarining oilasiga moddiy yordam aksiyasi boshlandi

20/01/2018

O‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida mazkur fojiada qurbon bo‘lganlarning oilalariga moddiy yordam berish harakati boshlandi. «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali kolumnisti, huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev «Facebook»dagi sahifasida aynan shunday tashabbus bilan chiqdi.

Mirziyoyev: «Qozog‘istondagi fojia xalqimizga yetarli sharoit yaratib bermaganimizni isbotlab turibdi» (video)

20/01/2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasi ziyorati chog‘ida Oqto‘bada yurtdoshlarimiz vafot etganidan chuqur qayg‘uda ekanini aytib, ularning yaqinlariga ta’ziya bildirgan va marhumlar haqiga duo qilgan edi.

Qozog‘istondagi fojia haqida: «Mendan so‘rasangiz – hammasiga sifatsiz ta’lim aybdor deyman!»

20/01/2018

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bugun Qozog‘istondagi fojiada halok bo‘lgan 49 nafar yurtdoshimizning ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatni ko‘rib, yurak-bag‘rim yana qon bo‘ldi. Albatta, har bir vafot etgan insonning dog‘i barchamiz uchun yuk, lekin halok bo‘lganlar orasida ota-bola, aka-ukalarning borligi qalbimizni battar tirnayapti.

Qozoq matbuoti: «Avtobus 5 daqiqada olov ichida qolgan»

20/01/2018

Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy shifoxonaga yotqizilgan besh nafar fuqaroning holati yaxshi ekanini bildirgan. Ularga malakali tibbiy va psixoogik xizmat ko‘rsatilmoqda.

Qurbonlar faqat Namangandan emas. FVV Qozog‘istonda halok bo‘lganlarning kengaytirilgan ro‘yxatini e’lon qildi

20/01/2018

2018-yilning 19-yanvar kuni soat 22:23 da «Toshkent-Sharqiy» aerodromiga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy havo kuchlarining «IL-76» maxsus harbiy-transport samolyoti bortida joriy yilning 18-yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Oqto‘ba viloyati «Chimkent-Samara» avtomobil yo‘lining 1068-km.da avtobusning yonishi natijasida halok bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari olib kelin

O‘zbekistonliklar jasadlari ortilgan samolyot Toshkentga qo‘ndi

20/01/2018

Hozirda Toshkent shahrida maxsus sud-tibbiy ekspertiza guruhi tuzilgan bo‘lib, O‘zbekistonga olib kelingan jasadlarni tekshirish ishlari Toshkentda davom ettiriladi.

Xorijiy davlatlar Qozog‘istondagi fojia bo‘yicha hamdardlik bildirishmoqda

19/01/2018

Qozog‘iston Respublikasining Oqto‘ba viloyatida 2018 yil 18 yanvar kuni sodir bo‘lgan fojia oqibatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari halok bo‘lgani munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda.

Namanganda fojia qurbonlari xonadonlariga ta’ziya bildirildi

19/01/2018

O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Islom sivilizatsiyasi markazi va viloyat mutasaddilaridan iborat guruh Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning oila a’zolariga Prezidentning hamdardligi va ta’ziyasini bildirdi.

Yana