Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident halok bo‘lganlarning oilalariga kompensatsiya ajratish to‘g‘risida topshiriq berdi

Prezident halok bo‘lganlarning oilalariga kompensatsiya ajratish to‘g‘risida topshiriq berdi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining Oqto‘ba viloyati Irg‘iz tumanida «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lida avtobus yonishi oqibatida halok bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi oilalarining barchasiga bir martalik nafaqa ajratildi.

Prezident matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mahalliy ijro hokimiyati organlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari hamda mahalla faollari tomonidan halok bo‘lganlarning oilalariga ma’naviy va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-yanvar kuni Oqto‘bada avtobus yonib ketib, unda 52 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan edi. Ikki nafar omon qolgani esa Qozog‘istondagi shifoxonada davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring