52 o‘zbek yongan avtobus egasiga hukm o‘qildi
Sudya jabrlanuvchi tomonning talabini qisman qondirgan va Qozog‘istonning 46 yoshli fuqarosini "texnik nosoz transport vositasini ekspluatatsiya qilgan" deb topgan.
Oqto‘badagi avtoto‘qnashuvda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Sankt-Peterburgdan Toshkentga kelayotgan mazkur avtomobildagi O‘zbekiston Respublikasining 2 nafar fuqarosi halok bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi hamkorlikda halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlashdi.
Oqto‘bada ag‘anab ketgan avtobusning barcha yo‘lovchilari O‘zbekistonga qaytdi
O‘zbekiston elchixonasi Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan birgalikda 2018-yil 26-fevralga o‘tar kechasi Oqto‘ba viloyatida yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam berish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirdi.
Yana Oqto‘ba! O‘zbekistonlik fuqarolar YTHga uchradi (video)
«Mercedes» avtobusining 35 yoshli haydovchisi Xromtau yo‘nalishida Oqtoo‘ba tomonga harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan», deydi politsiya. Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi jinoyat kodeksining 345-moddasi 2-qismiga muvofiq tergov ishlari boshlandi.
Oqto‘ba fojiasidagi yong‘in sababi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Vazirlikning tergov departamenti Oqto‘ba viloyatida fojiali tarzda halok bo‘lgan 52 nafar o‘zbekistonlikning o‘limi yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 345 va 348-moddalari bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Xayriyada hozircha 320 million so‘m pul yig‘ildi. Qaysi davlatdan qancha ehson keldi?
Bugungi kungacha xayriyada 320 million so‘m pul yig‘ildi. Ko‘plab iltimoslarga binoan, turli joylarda oylik maosh berishning muddatini hisobga olib, xayriya 10 fevralga qadar davom etadi.
Qo‘shni davlatlarga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi
Yo‘lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlarga doir Hukumat qarori imzolangani haqida xabar bergan edik.
Hukumat qarori: xorijga chiqishda avia va temir yo‘l chiptalariga imtiyozlar beriladi
2018-yilning 1-fevralidan boshlab, yo‘lovchilar bilan Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan avtobuslar va mikroavtobuslar yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Oqto‘ba fojiasi qurbonlari Namanganda dafn etildi
Bugun, 23 yanvar kuni erta tongda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Toshkentdan uchgan maxsus ikki samolyoti Namangan xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Ota, endi siz dam oling, biz ishlaymiz deb ketishgandi... Birdaniga ikki o‘g‘lidan ajralgan ota faryodi (video)
Musibatning katta-kichigi bo‘lmaydi, deyishadi. Ammo 52 nafar o‘g‘lonning o‘limi yurt uchun katta yo‘qotish! Shu bois Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyati Irg‘iz tumanida ro‘y bergan fojia har birimizning, butun xalqimizning qalbiga chuqur qayg‘u soldi.