Xayriyada hozircha 320 million so‘m pul yig‘ildi. Qaysi davlatdan qancha ehson keldi?
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istondagi fojia qurbonlarining oilasiga moddiy yordam aksiyasi boshlangani haqida xabar bergan edik.
Bugungi kungacha xayriyada 320 million so‘m pul yig‘ildi. Ko‘plab iltimoslarga binoan, turli joylarda oylik maosh berishning muddatini hisobga olib, xayriya 10-fevralga qadar davom etadi.
Hozircha har bir oilaga 10 mln. so‘mdan berish rejalashtirilgan edi, lekin hisob-kitoblar 6 million so‘mdan tushayotganini ko‘rsatmoqda.
Yig‘ilgan pulning manbalari haqida ma’lumot (reyting sifatida):
93 mln. 572 ming so‘m — so‘mda ochilgan plastik kartochkalarga;
5.500$ — kanadalik o‘zbeklar nomidan;
3.977$ — «PayPal» orqali;
3.908$ — «GoFundme» saytidagi 1-loyiha orqali;
3.200$ — Qozog‘istondagi o‘zbeklar jamiyati nomidan;
3.020$ — Yaponiyadagi yurtdoshlar nomidan;
2.257$ — «GoFundme» saytidagi 2-loyiha orqali;
1.265$ — Koreyadagi yurtdoshlar;
950$ — Dubaydagi yurtdoshlar;
845$ — Rossiyadagi yurtdoshlar;
500€ — Germaniyadagi yurtdoshlar;
388$ — Qatardagi yurtdoshlar;
635$ — turli davlatlardan pul o‘tkazmalari;
4 mln. 600 ming so‘m — naqd pul;
4 mln. 372 ming — @vodiybozor Telegram kanali orqali;
70$ — viza kartaga.
Shunda bugungacha kelib tushgan jami xayriya miqdori:
102 mln. 544 ming so‘m;
26 015 AQSh dollari;
500 yevro.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyati Irg‘iz tumanida avtobusda yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida 52 kishi halok bo‘lgani va 5 kishi jabrlangani haqida xabar bergan edik. Halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanib, ularning asosiy qismi Namangan viloyatidan ekani, shuningdek, marhumlar orasida Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida yashaganlar ham borligi ma’lum qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter