Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda sun’iy intellekt haqidagi qonun loyihasi tayyorlanmoqda

Qozog‘istonda sun’iy intellekt haqidagi qonun loyihasi tayyorlanmoqda

Qozog‘iston Majilisida mamlakat tarixidagi birinchi «Sun’iy intellekt» to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun tayyorlanmoqda. Bu haqda «Kursiv.Media» xabar berdi.

Hujjatning asosiy maqsadi – foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish, SI tomonidan yaratilgan kontent xavfsizligini ta’minlash va shaxsiy ma’lumotlarni saqlashdir.

Loyiha mualliflaridan biri, deputat Yekaterina Smishlyayevaning ta’kidlashicha, sun’iy intellektdan ortiqcha foydalanish insonning kognitiv (a’zolar faoliyatiga bog‘liq) qobiliyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, bolalarni himoya qilish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish muhim hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring