Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oqto‘bada ag‘anab ketgan avtobusning barcha yo‘lovchilari O‘zbekistonga qaytdi

Oqto‘bada ag‘anab ketgan avtobusning barcha yo‘lovchilari O‘zbekistonga qaytdi

Kadr: «YouTube»

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan yo‘lovchi transporti Oqto‘badan Xromtauga yo‘l olgan avtobusda halokatga uchrab, O‘zbekistonning 7 nafar yo‘lovchisi turli jarohatlar bilan Xromtaudagi markaziy shifoxonaga yetkazilgan edi.

O‘zbekiston elchixonasi Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan birgalikda 2018-yil 26-fevralga o‘tar kechasi Oqto‘ba viloyatida yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam berish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirdi, deyiladi TIV axborot xizmati xabarida.

Hozirgi paytda avtobusda halokatga uchragan 25 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilarga o‘z vataniga qaytishi uchun ko‘mak ko‘rsatildi. Jabrlangan 7 nafar yurtdoshlarimiz Xromtau shahrining markaziy tuman kasalxonasidan davolanib chiqdi. Ularning sog‘lig‘i qoniqarli deya baholanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring