Oqto‘badagi avtoto‘qnashuvda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Kecha, 5-mart kuni soat 10:50 larda Oqto‘ba viloyatining O‘lka tumanidagi Samara-Chimkent yo‘lining 778-kilometrida «Kamaz» va «Opel-Astra» avtomoblillari to‘qnashib ketdi.
Sankt-Peterburgdan Toshkentga kelayotgan mazkur avtomobildagi O‘zbekiston Respublikasining 2 nafar fuqarosi halok bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi hamkorlikda halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlashdi.
1. Isaqov Zohidjon Mansurovich, 1978-y.t. (haydovchi, Andijon viloyati, Asaka tumani, «O‘zbekistan» QFY, Do‘rmon ko‘chasi).
2. Yuldashev Qodirjon Komilovich, 1975-y.t. (yo‘lovchi, Andijon viloyati, Asaka tumani, «O‘zbekistan» QFY, Do‘rmon ko‘chasi).
Hozir halok bo‘lganlarning jasadlari Oqto‘badagi o‘likxonada saqlanmoqda. Jasadlarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter