Qozoq matbuoti: «Avtobus 5 daqiqada olov ichida qolgan»
Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining fikricha, Oqto‘bada ro‘y bergan avtobus fojiasiga «olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish sabab bo‘lgan».
«Tengrinews.kz» nashrining yozishicha, avtobus salonida benzin bilan ishlaydigan qo‘lbola isitish vositasi topilgan. Tirik qolgan guvohlarning ko‘rsatmasiga ko‘ra, salonda benzin bilan to‘ldirilgan besh litrli plastmassa idish bo‘lgan.
Qozog‘iston huquq-tartibot organlarining tirik qolgan guvohlar ko‘rsatmalariga asoslanib ma’lumot berishicha, yo‘lda avtobus dvigateli o‘chib qolgach, avtobus saloni juda sovib ketgan. Qo‘lbola moslamadan esa salonni istish maqsadida foydalanmoqchi bo‘lishgan. Plastmassa idishdan benzinning to‘kilib ketishi oqibatida kuchli yong‘in kelib chiqqan va besh daqiqa ichida avtobus butunlay yong‘in ichida qolgan. Tekshiruvlar davomida avtobus salonida birorta o‘qotar yoki sovuq qurollar, o‘q-dorilar yoki ularning qoldiqlari topilmagan.
Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy shifoxonaga yotqizilgan besh nafar fuqaroning holati yaxshi ekanini bildirgan. Ularga malakali tibbiy va psixoogik xizmat ko‘rsatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan «Tengrinews.kz» qo‘shimcha ma’lumotlarni ham ilova qilmoqda. 18-yanvar kuni Oqto‘ba viloyatining Irgiz tumanida yonib ketgan avtobus Janubiy Qozog‘iston viloyati Sariog‘och tumanining Jibek jolu poselkasida Rossiya Federatsiyasining Qozon shahriga ketayotgan payti halokat yuz bergan.
1989-yilda ishlab chiqarilgan «Setra» rusumli avtobus oxirgi marta 2015-yilda texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan. Avtobus Mextiyev Orduxon Sobir o‘g‘li nomiga rasmiylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter