Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy davlatlar Qozog‘istondagi fojia bo‘yicha hamdardlik bildirishmoqda

Xorijiy davlatlar Qozog‘istondagi fojia bo‘yicha hamdardlik bildirishmoqda

Qozog‘iston Respublikasining Oqto‘ba viloyatida 2018-yil 18-yanvar kuni sodir bo‘lgan fojia oqibatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari halok bo‘lgani munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani, Vengriya Prezidenti Ader Yanosh, Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zeman tomonidan yo‘llangan samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlari bitilgan maktublar keldi.

Xorijiy davlatlar rahbarlari o‘z maktublarida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani haqidagi xabar ularni chuqur qayg‘uga solganini ta’kidlagan. Sodir bo‘lgan fojia munosabati bilan ular O‘zbekiston Prezidenti, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlari, butun xalqimizga chuqur hamdardlik izhor etgan.

Hamdardlik nomalari kelishi davom etmoqda, deyiladi O‘zA xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring