Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar jasadlari ortilgan samolyot Toshkentga qo‘ndi

O‘zbekistonliklar jasadlari ortilgan samolyot Toshkentga qo‘ndi

Foto: FVV

Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyatida avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadini olib uchgan maxsus samolyot Toshkentga qo‘ndi.

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘i bilan maxsus hukumat komissiyasi tuzilib, ularga omon qolganlar va marhumlarning jasadlarini O‘zbekistonga olib kelish vazifasi topshirilgan edi.

Hozirda Toshkent shahrida maxsus sud-tibbiy ekspertiza guruhi tuzilgan bo‘lib, O‘zbekistonga olib kelingan jasadlarni tekshirish ishlari Toshkentda davom ettiriladi.

Dastlabki tekshiruvlardan keyin 32 nafar qurbonning shaxsi aniqlashtirildi. Endi qolgan jasadlarning shaxsi Toshkentda DNK tekshiruvi orqali aniqlashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring