Namangandagi ish va o‘qish faoliyati 1 daqiqalik sukut bilan boshlandi
Namangan viloyatidagi barcha mehnat jamoalari, o‘quv muassasalarida 2018-yil 20-yanvar kuni ish va o‘qish faoliyati Qozog‘iston Respublikasining Oqto‘ba viloyatida ro‘y bergan avtobus yong‘inida halok bo‘lgan hamyurtlarimiz xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Avval xabar qilinganidek, e’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, halokat qurbonlarining 22 nafari To‘raqo‘rg‘on va 8 nafari Kosonsoy tumanidan bo‘lib, ularning oila a’zolariga hokimliklar va keng jamoatchilik tomonidan zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istondagi fojia qurbonlarining oilasiga moddiy yordam aksiyasi boshlangan edi. Ushbu xayriyaning birinchi kunida 60 million so‘mdan ortiq pul yig‘ilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter