Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston sayyohlik rekordini yana yangiladi: may oyida 1,1 million nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi

11/06, 12:49

2025 yil may oyida O‘zbekistonga 1,1 million nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oydagi rekordni yangiladi - o‘shanda sayyohlar soni birinchi marta milliondan oshgandi. Bunday o‘sishga turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli erishilmoqda. Mamlakat yanada ochiqroq bo‘lib, boshqa davlatlar bilan faol hamkorlik qilmoqda.

Buxoro shahrida an’anaviy xalqaro «Ipak va ziravorlar» festivali bo‘lib o‘tmoqda

07/06, 21:49

Joriy yilning 6-8 iyun kunlari Buxoro shahrida Turizm qo‘mitasi, Buxoro viloyati va shahar hokimliklari, viloyat turizm boshqarmasi, «Hunarmand» uyushmasi hamda boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan XXI an’anaviy xalqaro «Ipak va ziravorlar» festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Qashqadaryo viloyatining «Qaynar» va «Bashir» qishloqlariga rasman «Turizm qishlog‘i» maqomi berildi

30/05, 15:05

Joriy yilning 29 may kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida joylashgan «Qaynar» va «Bashir» qishloqlariga «Turizm qishlog‘i» maqomini tasdiqlovchi sertifikatlar Turizm qo‘mitasi tomonidan qishloq aholisiga tantanali tarzda topshirildi.

«Orol dengiziga poyezd» yoshlar ekologik aksiyasi: Tabiat va kelajak uchun birgalikda qadam

28/05, 17:26

Joriy yil 28-31 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda «Orol dengiziga poyezd» yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Xorijiy OAV vakillari O‘zbekistonning turizm salohiyati bilan tanishmoqdalar

28/05, 12:47

Joriy yil 24-31 may kunlari Turizm qo‘mitasi va O‘zbekistonning Varshava, Rim, Qohiradagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda Polsha, Italiya, Belgiya hamda Misr davlatlarining taniqli, ommabop OAV vakillari, inflyuenserlari, blogerlarining O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi.

Marg‘ilonda ipak matolar bo‘yicha xalqaro forum o‘tkaziladi

27/05, 17:33

Joriy yilning 29 may kuni turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turistlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini takomillashtirish hamda jozibadorligini oshirish maqsadida Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida «O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati» mavzusida ko‘rgazma va ilmiy-amaliy konferensiyani o‘z ichiga olgan xalqaro Forum bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonda avtomobildan xoli hududlar kengaymoqda

27/05, 15:58

Turizm qo‘mitasi tomonidan sayyohlarga qulayliklar yaratish, ularning har bir hududda mazmunli dam olishlari, erkin piyoda yurishlarini tashkil etish maqsadida ma’lum yo‘nalishlarda «avtomobildan xoli hudud»lar tashkil etilmoqda.

Mo‘ynoqda «Rally Muynak» ekstremal avtomobil musobaqalariga start berildi

24/05, 18:54

23 may kuni «Rally Muynak» ekstremal avtomobil musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa, nafaqat Qoraqalpog‘iston balki O‘zbekiston miqyosidagi ko‘pgina xorijiy turistlarni jalb qiluvchi o‘ziga xos tadbir hisoblanadi.

Janubiy Koreya aviakompaniyasi Toshkentga muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

24/05, 18:36

2025 yil 23 may kuni Janubiy Koreyaning «T’way Air» loukoster aviakompaniyasiga tegishli ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys muvaffaqiyatli tarzda Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qo‘ndi. Ushbu parvoz Koreya Respublikasi poytaxti Seul shahridan amalga oshirildi.

Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz (video)

23/05, 16:46

Har qanday sayyoh safarga chiqarkan ko‘proq joyni ko‘rishni istaydi – ajoyib tabiat, tarixiy obidalar, zamonaviy ko‘ngilochar joylar. Namangan – aynan shunday joy! U yerda chiroyli tabiat ham, tarixiy ob’yektlar ham, zamonaviy ko‘ngilochar maskanlar ham bor. Xo‘sh, u yerga qanday boriladi?

«Orol dengiziga poyezd» yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkaziladi

22/05, 11:27

Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘lida yoshlarning faolligini oshirish maqsadida joriy yilning 28-31 may kunlari Turizm qo‘mitasi tomonidan har yili o‘tkaziladigan «Orol dengiziga poyezd» yoshlar ekologik aksiyasi tashkil qilinmoqda.

O‘zbekiston gastronomiyasi Ozarbayjonda xalqaro pazandachilik chempionatida e’tirof etildi

19/05, 20:33

Gastronomik turizm zamonaviy sayohatning ajralmas qismiga aylanib, nafaqat mahalliy taomlardan lazzatlanish, balki ma’lum bir hududning madaniyati va an’analarini chuqurroq anglash imkonini bermoqda.

«Umra» ziyoratini amalga oshirish litsenziyasiga ega turoperatorlar yana ikkitaga ko‘paydi

19/05, 20:04

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 935-sonli Qonunida «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilangan.

O‘zbekiston – BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga nomzodini ilgari surdi

13/05, 17:26

2025–2027 yillar uchun BMT Turizmning Yevropa bo‘yicha komissiyasi raisligiga O‘zbekiston Respublikasi o‘z nomzodini ilgari surdi. Mazkur nufuzli lavozimga O‘zbekiston tarixda ilk bor o‘z nomzodini ilgari surmoqda. Bu tashabbus mamlakatimizning xalqaro turizm tashkilotlari doirasidagi faolligi va yuksak ishonchga sazovor bo‘layotganining yaqqol ifodasidir.

Samarqand viloyatida «Tersak» turizm qishlog‘i ochildi

13/05, 16:27

Samarqand viloyatining Urgut tumani Tersak qishlog‘iga «Turizm qishlog‘i» maqomi berildi.

Toshkent «Coffee&Tea Fest Expo Uzbekistan»ga taklif etmoqda: gastronomiya, an’analar va sayyohlik

07/05, 16:45

Turizmni rivojlantirish va O‘zbekistonga ko‘proq sayyohlar oqimini jalb etish maqsadida 16-18 may kunlari poytaxtdagi «Anhor Lokomotiv» bog‘ida «Coffee&Tea Fest Expo Uzbekistan» festivali o‘tkaziladi.

Yangi daraja! O‘zbekistonga ilk bor bir oyda 1 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

07/05, 11:07

2025 yilning aprel oyida O‘zbekistonga 1 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu raqam nafaqat tarixiy natija, balki mamlakatimizda turizm sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan, ochiqlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash natijasi.

O‘zbekiston - ziyorat turizm o‘chog‘i

05/05, 17:34

Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O‘zbekiston islom dunyosi xaritasidagi eng muhim nuqtalardan biri sanaladi. Uning qadimiy shaharlari - Samarqand, Buxoro, Termiz, asrlar davomida nafaqat savdo va ilm-fan markazlari bo‘lib xizmat qilgan, balki musulmon olamining barcha burchaklaridan

Xitoydagi Roadshow O‘zbekiston turizmini targ‘ib qilmoqda

02/05, 11:40

2025 yil 28 aprel kuni «Xitoyda O‘zbekiston turizm yili» doirasida Turizm qo‘mitasi hamda mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi ko‘magida Xunan provinsiyasining Chansha shahrida «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» nomli Roadshow tadbirini o‘tkazdi. Tadbir xitoylik sayyohlarni jalb etish va davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash orqali turizmni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

So‘lim go‘sha – Jizzaxda yangi «Turizm mahallasi» tashkil etildi

30/04, 15:40

Turizm qo‘mitasi tomonidan Jizzax viloyati G‘allaorol tumanining Uzunbuloq mahallasiga tantanali ravishda «Turizm mahallasi» maqomi berildi.

Turizm sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi

29/04, 15:13

Turizm qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda turizm sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlari uchun «Davlatimiz rahbarining Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi yig‘ilishida belgilagan vazifalar va «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonun ijrosini samarali tashkil etish» mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Surxondaryoda ilk bor «Tandir Fest» festivali o‘tkaziladi

29/04, 12:38

Milliy qadriyatlarimizni, boy oshpazlik an’analarimizni, xalq amaliy san’ati va madaniy merosimizni keng targ‘ib etish hamda yurtimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida joriy yil 2-4 may kunlari Surxondaryo viloyatining go‘zal va betakror maskani — Boysun tumanidagi «Boysun bahori» turizm majmuasida birinchi marta «Tandir Fest» festivali tashkil etiladi.

Sichuan provinsiyasida «Xitoyda O‘zbekiston turizm yili» tadbirlari boshlandi (foto)

27/04, 16:59

25 aprel kuni Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Leshan shahrida «Xitoyda O‘zbekiston turizm yili» tadbirlari dasturi doirasida ko‘rgazmalar va roud-shoular boshlanib ketdi.

Ichan Qal’aning sirini bilib olish necha pulga tushadi? Barchasi hisoblangan

22/04, 15:21

Dunyoda chiroyli joylar ko‘p, ammo ular orasida shunday maskanlar borki, har qanday inson borib ko‘rishi shart. Ichan-qal’a aynan shunday joy! Agar O‘zbekistonda yashab, hali Xivaga bormagan bo‘lsangiz, hali qiladigan ishlaringiz ko‘p ekan.

Toshkent mehmonlari uchun yangi manzil

21/04, 14:37

Toshkent yana bir yorqin madaniy durdonaga ega bo‘lmoqda — Artera Studio san’at va ilhom maskani. Bu joy nafaqat poytaxt aholisi, balki mamlakatning zamonaviy madaniyatini o‘rganishga intilayotgan sayyohlar uchun ham qiziqarli kashfiyot bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda ekologik va turizm madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbir boshlandi

18/04, 16:06

Ayni damda Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Orol turizmi» xalqaro haftaligi doirasida «Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari» xalqaro konferensiyasi boshlandi. Konferensiyada Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Bosh prokuratura

Turizm rivoji uchun muhim jabhada eng yaxshilar aniqlandi

17/04, 18:38

Yurtimizga turistlar oqimi oshib boryapti, shunga yarasha infratuzilmani yaxshilashga ham talab katta. Turistlar tashrif buyuradigan ob’yektlar va yo‘l bo‘ylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo qilish zaruriyati borgan sari oshyapti.

Turizm qo‘mitasida xalqaro tog‘-chang‘i kurortlarini barpo etish bo‘yicha jahon tajribasi muhokama qilindi

11/04, 12:15

Turizm qo‘mitasida tog‘-chang‘i kurortlarini yaratish bo‘yicha xalqaro tajribaga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda yetakchi mutaxassislar, davlat va xususiy sektor vakillari, shuningdek, turizm sohasi ekspertlari ishtirok etdilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Orol turizmi» haftaligi bo‘lib o‘tadi

08/04, 16:09

​17–19 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri va Mo‘ynoq tumanida «Orol turizmi» haftaligi o‘tkaziladi.

«Umra» ziyoratini amalga oshirish uchun faqat litsenziyaga ega tashkilotlar xizmatidan foydalaning

03/04, 16:12

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-935-sonli Qonunga asosan «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, alohida litsenziyalanadigan faoliyat turi sifatida belgilanib, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mazkur sohadagi

Yana