Turizm rivoji uchun muhim jabhada eng yaxshilar aniqlandi

Yurtimizga turistlar oqimi oshib boryapti, shunga yarasha infratuzilmani yaxshilashga ham talab katta. Turistlar tashrif buyuradigan ob’yektlar va yo‘l bo‘ylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo qilish zaruriyati borgan sari oshyapti.
Turizm qo‘mitasi tashabbusi, mahalliy hokimliklar, mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorlikda olib borayotgan ishlar natijasida hududlardagi sanitariya-gigiyena shoxobchalarida vaziyat birmuncha yaxshilandi. Buni hattoki chet ellik turistlar ham e’tirof etmoqda.
2017-2025 yillar mobaynida respublika bo‘yicha 10 mingdan ortiq sanitariya-gigiyena shoxobchalari hozirgi zamon talablari asosida yangidan qurildi va qayta ta’mirlandi. Ularning deyarli 50 foizi barcha turdagi yoqilg‘i quyish stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tadbirkorlik va mahalliy hokimliklarga namuna sifatida ko‘rsatish uchun Turizm qo‘mitasi tomonidan respublikamizning deyarli barcha hududlarida 50 tadan ortiq namunaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari qurildi va davlat ijtimoiy sheriklik shartlari asosida foydalanish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga topshirildi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentyabrdagi 793-sonli qarori qabul qilingan vaqtda yoqilg‘i quyish stansiyalarining atigi 20 foizi zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan ta’minlangan bo‘lsa, birgalikda olib borgan say’i-harakatlarimiz natijasida ushbu ko‘rsatkichni 95 foizdan oshirishga erishildi.
Bugungi kunda yoqilg‘i quyish stansiyalarining 2,9 mingtasi savdo shoxobchalariga, 1,7 mingtasi maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga, 550 ga yaqini tez ovqatlanish shoxobchalariga, 1 mingtasi bepul Wi-Fi zonalariga ega bo‘lib, ulardan 1,5 mingdan ortiq kam ta’minlangan va nogironligi mavjud insonlar bandligi ta’minlangan.
2020-2021 yillarda tashkil etgan taqdirlash tabirlarida har bir hududdan bittadan “Eng yaxshi AYoQS” (avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyasi), “Eng yaxshi AGQS” (avtomobillarga gaz quyish stansiyasi), “Eng yaxshi AGTKS” (avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasi) tanlovi avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari tomonidan juda ijobiy kutib olindi hamda ular o‘rtasida ijobiy ma’nodagi raqobatni yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi natijasida aholi va turistlarga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish sifatining yanada oshishiga olib keldi.
Bu yilgi o‘rganishlar natijalariga ko‘ra Respublika va Hududiy ishchi guruh a’zolari kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha va har bir hududdagi “Eng yaxshi”lar yana e’tirof etildi.
2025 yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinganiga hamohang holda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ENG YaXShI “YaShIL EKOLOGIK HUDUD”li yoqilg‘i tarqatish stansiyasi ham aniqlandi hamda boshqalarga ham namuna sifatida tavsiya qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter