
O‘zbekiston sayyohlik rekordini yana yangiladi: may oyida 1,1 million nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi
2025 yil may oyida O‘zbekistonga 1,1 million nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oydagi rekordni yangiladi - o‘shanda sayyohlar soni birinchi marta milliondan oshgandi. Bunday o‘sishga turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli erishilmoqda. Mamlakat yanada ochiqroq bo‘lib, boshqa davlatlar bilan faol hamkorlik qilmoqda.

Buxoro shahrida an’anaviy xalqaro «Ipak va ziravorlar» festivali bo‘lib o‘tmoqda
Joriy yilning 6-8 iyun kunlari Buxoro shahrida Turizm qo‘mitasi, Buxoro viloyati va shahar hokimliklari, viloyat turizm boshqarmasi, «Hunarmand» uyushmasi hamda boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan XXI an’anaviy xalqaro «Ipak va ziravorlar» festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Qashqadaryo viloyatining «Qaynar» va «Bashir» qishloqlariga rasman «Turizm qishlog‘i» maqomi berildi
Joriy yilning 29 may kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida joylashgan «Qaynar» va «Bashir» qishloqlariga «Turizm qishlog‘i» maqomini tasdiqlovchi sertifikatlar Turizm qo‘mitasi tomonidan qishloq aholisiga tantanali tarzda topshirildi.

«Orol dengiziga poyezd» yoshlar ekologik aksiyasi: Tabiat va kelajak uchun birgalikda qadam
Joriy yil 28-31 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda «Orol dengiziga poyezd» yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Xorijiy OAV vakillari O‘zbekistonning turizm salohiyati bilan tanishmoqdalar
Joriy yil 24-31 may kunlari Turizm qo‘mitasi va O‘zbekistonning Varshava, Rim, Qohiradagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda Polsha, Italiya, Belgiya hamda Misr davlatlarining taniqli, ommabop OAV vakillari, inflyuenserlari, blogerlarining O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi.

Marg‘ilonda ipak matolar bo‘yicha xalqaro forum o‘tkaziladi
Joriy yilning 29 may kuni turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turistlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini takomillashtirish hamda jozibadorligini oshirish maqsadida Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida «O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati» mavzusida ko‘rgazma va ilmiy-amaliy konferensiyani o‘z ichiga olgan xalqaro Forum bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonda avtomobildan xoli hududlar kengaymoqda
Turizm qo‘mitasi tomonidan sayyohlarga qulayliklar yaratish, ularning har bir hududda mazmunli dam olishlari, erkin piyoda yurishlarini tashkil etish maqsadida ma’lum yo‘nalishlarda «avtomobildan xoli hudud»lar tashkil etilmoqda.

Mo‘ynoqda «Rally Muynak» ekstremal avtomobil musobaqalariga start berildi
23 may kuni «Rally Muynak» ekstremal avtomobil musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa, nafaqat Qoraqalpog‘iston balki O‘zbekiston miqyosidagi ko‘pgina xorijiy turistlarni jalb qiluvchi o‘ziga xos tadbir hisoblanadi.

Janubiy Koreya aviakompaniyasi Toshkentga muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi
2025 yil 23 may kuni Janubiy Koreyaning «T’way Air» loukoster aviakompaniyasiga tegishli ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys muvaffaqiyatli tarzda Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qo‘ndi. Ushbu parvoz Koreya Respublikasi poytaxti Seul shahridan amalga oshirildi.

Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz (video)
Har qanday sayyoh safarga chiqarkan ko‘proq joyni ko‘rishni istaydi – ajoyib tabiat, tarixiy obidalar, zamonaviy ko‘ngilochar joylar. Namangan – aynan shunday joy! U yerda chiroyli tabiat ham, tarixiy ob’yektlar ham, zamonaviy ko‘ngilochar maskanlar ham bor. Xo‘sh, u yerga qanday boriladi?