Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston sayyohlik rekordini yana yangiladi: may oyida 1,1 million nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi

O‘zbekiston sayyohlik rekordini yana yangiladi: may oyida 1,1 million nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi

2025 yil may oyida O‘zbekistonga 1,1 million nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oydagi rekordni yangiladi - o‘shanda sayyohlar soni birinchi marta milliondan oshgandi. Bunday o‘sishga turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli erishilmoqda. Mamlakat yanada ochiqroq bo‘lib, boshqa davlatlar bilan faol hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining turizmni rivojlantirishga qaratilgan Farmon va qarorlaridagi sohaga investitsiyalarni jalb etish, vizasiz rejimni kengaytirish hamda xalqaro ko‘rgazma va forumlarda ishtirok etish kabi yo‘nalishlar muhim o‘rin tutmoqda. Bularning barchasi O‘zbekistonni xorijiy sayyohlar uchun tobora jozibador mamlakatga aylantirmoqda.

Kelajakda turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish va diversifikatsiya qilish, jahon sayyohlik bozorida O‘zbekistonning takrorlanmas hamda raqobatbardosh yo‘nalish sifatidagi obro‘sini mustahkamlash ishlari davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring