Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mo‘ynoqda «Rally Muynak» ekstremal avtomobil musobaqalariga start berildi

Mo‘ynoqda «Rally Muynak» ekstremal avtomobil musobaqalariga start berildi

23 may kuni «Rally Muynak» ekstremal avtomobil musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa, nafaqat Qoraqalpog‘iston balki O‘zbekiston miqyosidagi ko‘pgina xorijiy turistlarni jalb qiluvchi o‘ziga xos tadbir hisoblanadi.

Mo‘ynoq tumanining Ustyurt tekisligi va Orol dengizining qurigan tubida 25 maygacha davom etadigan tadbirda mehmonlar uchun kunduzgi vaqtlari sport avtomobillari, baggi va mototsikllarda ekstremal musobaqalar, mahoratli oshpazlarning gastronomik tomoshalari bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa, kechqurun mashhur didjeylarning elektron musiqiy konsert dasturlari tashkillashtirilgan.

Oltinchi bor xalqaro darajada tashkil etilayotgan musobaqada mamlakatimizning turli burchaklaridan va xorijdan kelgan sportchilar dvigatel hajmi 1600sm3 va 2000sm3 bo‘lgan maxsus uskunalangan sport avtomobillari, shu bilan birga dvigatel hajmi 2000sm3 bo‘lgan «BAGGI» sport avtotransportlari hamda dvigatel hajmi 125sm3 dan 500sm3 gacha bo‘lgan mototsikllarida bellashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring