Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Orol turizmi» haftaligi bo‘lib o‘tadi

17–19 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri va Mo‘ynoq tumanida «Orol turizmi» haftaligi o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Orol turizmi» haftaligi bo‘lib o‘tadi
Haftalik doirasida mintaqaning turizm salohiyatini targ‘ib qilish, ekologiya va madaniy merosni asrab-avaylash, shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan «Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, mehmonlar «10 ming qadam» jamoatchilik loyihasi, «Daraxt ekish» aksiyasi va Badminton sport musobaqasida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilarini «Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar» gastronomik festivali hamda I.V.Savitskiy nomidagi muzeyiga va tarixiy obidalarga unutilmas sayohat kutmoqda.
Barchangizni «Orol turizmi» haftaligida faol ishtirok etishga chaqiramiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter